Past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish nosimmetriyasi va quvvat isroflari tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: so‘nggi yillarda elektr energetika tizimlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining keng joriy etilishi, iste’molchilar sonining ortishi hamda elektr yuklamalarining notekis taqsimlanishi natijasida past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish nosimmetriyasi va quvvat isroflari sezilarli darajada ortib bormoqda. Ayniqsa, 0,4 kV li radial taqsimlovchi tarmoqlarda bir fazali iste’molchilarning tartibsiz ulanishi natijasida fazalar bo‘yicha toklarning nomutanosib taqsimlanishi kuzatiladi. Bu holat nol simdagi tokning ortishiga, transformator va kabel liniyalarida qo‘shimcha issiqlik yo‘qotishlarining yuzaga kelishiga hamda elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarining yomonlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, quyosh elektr stansiyalarining (QES) past kuchlanishli tarmoqlarga integratsiyalashuvi elektr energiya sifati parametrlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Agar QES ti-zimlari tarmoqqa optimal nuqtalarda ulanmasa, ayrim hollarda kuchlanishning ortib ketishi, teskari quvvat oqimi yoki fazalararo nosimmetriya yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli past kuchlanishli elektr tarmoqlarida QES ulanishining texnik samaradorligini baholash dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda DigSILENT PowerFactory dasturiy majmuasi asosida radial past kuchlanishli elektr tarmog‘ining matematik modeli ishlab chiqilib, tarmoqdagi kuchlanish nosimmetriyasi, quvvat isroflari va yuklama taqsimoti tahlil qilindi. Shuningdek, kuchlanish past bo‘lgan shinaning kuchlanish ruxsat etilgan chegaradan chiqgan fazasiga qu-yosh elektr stansiyasi ulangandan keyingi tarmoq parametrlari ham qiyosiy ravishda baholandi.


Maqsad: past kuchlanishli elektr tarmoqlarida fazalar bo‘yicha yuklama nosimmetriyasi natijasida yuzaga keladigan kuchlanish og‘ishlari, nosimmetriya koeffitsientini ruxsat etilgan chegarada bo‘lishi hamda quvvat isroflarini DigSILENT Power Factory dasturida tahlil etish hamda quyosh elektr stansiyasini optimal ulash orqali elektr energiyasi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyatlarini asoslash.






 






Usullari: tadqiqot jarayonida DigSILENT PowerFactory dasturida 0,4 kV past kuchlanishli elektr tarmog‘ining ish rejimlarini o‘rganish uchun hisoblash–modellashtirish usullaridan foydalanildi. Tarmoqning radial modeli tuzilib, liniya parametrlari, iste’molchi yuklamalari hamda fazalar bo‘yicha tok taqsimotlari modellashtirildi. Kuchlanish nosimmetriyasi K2U koeffitsienti orqali baholandi.


Natijalar: hisoblash natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich holatda tarmoqdagi umumiy aktiv quvvat isroflari 6300,474 W ni tashkil etgan bo‘lsa, QES ulangandan keyin ushbu qiymat 3316,01 W gacha kamaydi. Shu bilan birga, 16-shinadagi kuchlanish nosimmetriyasi koeffitsienti 6,01 % dan 2,17 % gacha pasaydi. Fazalar bo‘yicha kuchlanish og‘ishlari ham sezilarli yaxshilandi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Muzaffar B. Xudayarov, & Jahongir A. Abduxalimov. (2026). Past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish nosimmetriyasi va quvvat isroflari tahlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 3(3), 59–67. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/411
Ko'rishlar soni: 6