Issiqlik elektr stansiyalarida tutun gazlari issiqligini utilizatsiya qilishning zamonaviy usullari tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: ushbu tadqiqot issiqlik elektr stansiyalarida (IES) tutun gazlari issiqligini utilizatsiya qilishning zamonaviy usullarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Issiqlik elektr stansiyalarining foydali ish koeffitsiyentining pastligi, bugungi kunda jahon energetik tizimlarida bugʻ turbinali qurilmalardan kombinatsiyalashgan bugʻ-gaz qurilmalariga oʻtish tendensiyasini boshlab bermoqda. Lekin amalda qoʻllanilib kelinayotgan bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiyalash va renovatsiyasi uchun ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ularning foydali ish koeffitsiyentini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni davom ettirish jahon energetikasi oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Maqsad: bugʻ turbinali qurilmalarning tutun gazlari bilan issiqlik yoʻqotishlarini kamaytirish usullarini aniqlash va issiqlik sxemalarini ishlab chiqish, samaradorligini baholashdan iborat.


Usullar: tadqiqot jarayonida dunyo boʻyicha Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalarida 2010-2024-yillar oraligʻida chop etilgan 30 dan ortiq ilmiy maqola koʻrib chiqildi. Organik Renkin Tsikli (ORT), absorbtsion issiqlik nasosli tizimlari (AIN/OAIN), past bosimli ekonomayzerlar (PBE), issiqlik quvurlari asosidagi issiqlik almashtirgichlar (IQIA) va termoelektrik generatorlar (TEG) asosiy texnologiyalar sifatida tahlil qilindi.


Natijalar: tadqiqot qilish asosida OAIN tizimlari tutun gazidagi mavjud va yashirin issiqlikning 80-95% gacha qismini qayta tiklash imkonini beradi, ORT tizimi esa 8-12% issiqlik samaradorligi bilan 220 Vt dan 15 MVt gacha quvvat ishlab chiqarishi mumkin. Oʻzbekistondagi yirik IES larda (Sirdaryo, Toshkent, Navoiy, Talimarjon) utilizatsiya qilinmagan issiqlik potensiali 120-250 MVt ni tashkil etishi aniqlandi. Absorbtsion issiqlik nasosli tizimlar uchun 1,4-2,5 yillik oʻz-oʻzini qoplash muddati bilan eng yuqori iqtisodiy koʻrsatkich qayd etildi. Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda energetik samaradorlikni oshirish va CO2 tashlamalarini kamaytirish uchun tutun gazi issiqligini utilizatsiyalash texnologiyalarini joriy etishning ilmiy asoslarini taqdim etadi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Saydulla M. Xujakulov, Temir А. Rustamov, & Suhrob А. Rafiqov. (2026). Issiqlik elektr stansiyalarida tutun gazlari issiqligini utilizatsiya qilishning zamonaviy usullari tahlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 203–211. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/403
Ko'rishlar soni: 62