Issiqlik elektr stansiyalarida suvni ekologik tayyorlash texnologiyasi
Referat
Dolzarbligi: hozirgi kunda muammolarning globalashuvi insondan oʻzgacha fikrlashni talab qilmoqda. IEMlarning ish faoliyatining puxta va tejamliligi koʻp jihatdan qozon qurmalari va issiqlik ta'minlash tizimini ta'minlovchi suvining sifatiga bogʻliq boʻladi. Suv havzalariga kimyoviy reagentlar tashlanishi ekologik muammolarni keskinlashtirmoqda.
Maqsad: issiqlik elektr stansiyalarida suvni tayyorlash jarayonlarining tannarxini kamaytirish, reagent va smola sarfini optimallashtirish, suv havzalariga tuzlar tashlanishini qisqartirishga qaratilgan “EKOTEX” LQB texnologiyasini tahlil qilish va joriy etish samaradorligini koʻrsatish.
Usullar: tadqiqot jarayonida termik tuzsizlantirish texnologiyalarini an'anaviy kimyoviy usullar bilan qiyosiy tahlil qilish, “EKOTEX” LQB qurilmalarining amaliy ekspluatatsiya natijalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini oʻrganish usullari qoʻllanildi.
Natijalar: “EKOTEX” LQB texnologiyasi kimyoviy tuzsizlantirishga nisbatan ekologik va iqtisodiy ustunliklarini isbotladi. Distillat tannarxi an'anaviy usulga nisbatan ikki baravar past, loyihaning oʻzini oqlash muddati 2-3 yil.
