Fotoelektrik modullari va qurilmalari samaradorligini baxolash usullari o‘rganish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: mazkur ilmiy maqolada fotoelektrik modullari va qurilmalarining samaradorligini baholash usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyalarining rivojlanishi energiya ta’minoti tizimida muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli fotoelektrik modullar samaradorligini aniqlash, tahlil qilish va optimallashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maqolada fotoelektrik effektning fizik asoslari, quyosh elementlarining tuzilishi, volt-amper xarakteristikasi, laboratoriya va real ekspluatatsiya sharoitlarida samaradorlikni baholash usullari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek zamonaviy monitoring tizimlari va samaradorlikni oshirish texnologiyalari ham tahlil qilingan. Fotoelektrik modullari va qurilmalarining samaradorligini baholash usullari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Quyosh energiyasidan foydalanish texnologiyalarining rivojlanishi energiya ta’minoti tizimida muhim o‘rin egallaydi. Shu sababli fotoelektrik modullar samaradorligini aniqlash, tahlil qilish va optimallashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Maqolada fotoelektrik effektning fizik asoslari, quyosh elementlarining tuzilishi, volt-amper xarakteristikasi, laboratoriya va real ekspluatatsiya sharoitlarida samaradorlikni baholash usullari batafsil ko‘rib chiqilgan. Shuningdek zamonaviy monitoring tizimlari va samaradorlikni oshirish texnologiyalari ham tahlil qilingan. Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salmog’i keskin oshib bormoqda, ayniqsa, quyosh elektr stansiyalarining elektr energetika tizimlariga keng miqyosda integratsiyalashuvi natijasida tizim chastotasi va kuchlanishini real vaqt rejimida boshqarilish bo‘yicha yangi muammolar yuzaga kelmoqda. Quyosh energiyasi tabiiy ravishda o‘zgaruvchan va uning qavvatini prognozlash qiyin bo‘lgani sababli, ishlab chiqarish va yuklama o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, xususan fotoelektrik modullari va qurilmalari samaradorligini baxolash barqaror ushlab turish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Mazkur maqolada quyosh elektr stansiyasi bilan birga ishlovchi fotoelektrik modullari va qurilmalari samaradorligi ta’siri tahlil qilinadi.


Maqsad: energiya manbalarining, xususan quyosh elektr stansiyalari fotoelektrik modullar va qurilmalari samaradorligini baxolash usullari o‘rganish elektr energetika tizimlariga integratsiyasi natijasida yuzaga kelayotgan muammolarini aniqlash, ularning tizimga ta’sirini tahlil qilish hamda barqarorligini ta’minlash ishlab chiqishdan iborat.


Usullar: elektr energetika tizimlarining fotoelektrik modullar va qurilmalari samaradorligini baxolash tahlil qilish maqsadida, quyosh elektr stansiyalar, fotoelektrik modullar va qurilmalar zamonaviy nazariyalar, nochiziqli matematik dasturlash usullaridan foydalanildi.


Natijalar: quyosh elektr stansiyalar, fotoelektrik modullari va qurilmalari samaradorligini oshirish ta’sirini baholash natijalari keltirilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Farrux M. Maxamadiyev, & Laziz S. Baratov. (2026). Fotoelektrik modullari va qurilmalari samaradorligini baxolash usullari o‘rganish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 180–186. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/400
Ko'rishlar soni: 39