Texnik qayta jixozlash IM-4 “Shimoliy”: GPU asosida elektr va isiqlik energiyasini kombinatsiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tkazish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi kunda aholi sonining keskin oshib borishi, sanoat korxonalari hamda ijtimoiy soha obyektlarining ko‘payishi natijasida yurtimizda elektr va issiqlik energiyasiga bo‘lgan talab izchil ortib bormoqda. Mavjud energiya ishlab chiqarish quvvatlarining hajmi, tuzilmasi va texnik holati esa ushbu ortib borayotgan ehtiyojni to‘liq qondira olmayapti. Natijada yoqilg‘i-energetika balansida nomutanosiblik yuzaga kelib, elektroenergetika sohasi mamlakat iqtisodiy rivojlanishini cheklovchi omillardan biriga aylanib bormoqda. Shu bois elektr energiyasi iste’molining jadal o‘sishi energiya tejash texnologiyalarini keng joriy etishni hamda yangi, samarali generatsiya quvvatlarini ishga tushirishni talab etadi. Bunda issiqlik va elektr energiyasini birgalikda ishlab chiqarish, ya’ni kogeneratsiya texnologiyalari alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur texnologiya yuqori energiya samaradorligi bilan ajralib turadi hamda barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Shuningdek, kogeneratsiya tizimlarining joriy etilishi atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan an’anaviy energiya manbalarini qisqartirish orqali ekologik holatni yaxshilash imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda ham ushbu yo‘nalishda muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019-yil 10-iyulda qabul qilingan PQ-4388-sonli qarorga muvofiq, “Issiqlik ta’minoti tizimini tubdan takomillashtirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat asosida bir qator loyihalar hayotga tatbiq etildi. Mazkur qaror doirasida ayrim shahar va tumanlarda, xususan, Toshkent issiqlik markazi №4 da kogeneratsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Bu esa energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i resurslaridan oqilona foydalanish hamda iste’molchilarni barqaror issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kogeneratsiya texnologiyalarini o‘rganish va amaliyotga keng joriy etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.


Maqsad: kogeneratsiya texnologiyalarini o‘rganish va ularni qo‘llash orqali elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yoqilg‘i resurslaridan oqilona foydalanishni baholash


Usullari: kogeneratsiyani keng miqiyosda joriy etish va . issiqlik va elektr energiyasini kombinatsiyalashgan holda ishlab chiqarish.


Natijalar:  kogeneratsiya yuqori energiya samaradorligi bilan barqaror rivojlanishga xizmat qiladi, issiqlik isrofini kamaytiradi va ekologik muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Mehriya A. Koroli, & Xayrulla S. Isaxodjaev. (2026). Texnik qayta jixozlash IM-4 “Shimoliy”: GPU asosida elektr va isiqlik energiyasini kombinatsiyalashtirilgan ishlab chiqarishga o‘tkazish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 172–179. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/399
Ko'rishlar soni: 37