Sanoat korxonasi energetik tekshiruvi tahlili
Referat
Dolzarbligi: hozirgi kunda sanoat korxonalarida yoqilg‘i-energetik resurslaridan (YoER) samarali va oqilona foydalanish masalasi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Energiya resurslari narxlarining oshib borishi, ishlab chiqarish hajmlarining kengayishi hamda ekologik talablarga qo‘yilayotgan cheklovlarning kuchayishi korxonalarni energiya iste’molini chuqur tahlil qilish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni joriy etishga majbur qilmoqda. Shu nuqtayi nazardan, sanoat korxonalarida energetika tekshiruvlarini (energoaudit) o‘tkazish bugungi kunda dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Maqsad: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi korxonada energiya resurslaridan foydalanish holatini baholash, mavjud energiya yo‘qotishlarini aniqlash va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Usullari: korxonada energiya resurslari iste’moli miqdorlari tarkibini energiya auditi.
Natijalar: energiya sarfining dinamikasini aniqlash, eng yuqori va eng past yuklamalar davrini belgilash, reaktiv energiya ulushini baholash hamda energiya boshqaruvini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir.
