Ko‘p maqsadli gidroenergetika majmualarida tog‘ daryolari gidroenergetik resurslarini uzoq muddatli prognozlashga mo‘ljallangan GIS asosidagi yirik ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi
Referat
Dolzarblik: Gidroenergetika resurslarini uzoq muddatli prognozlash uchun katta hajmdagi gidrologik va geofazoviy ma’lumotlarni intellektual qayta ishlash zarur.
Maqsad: Ushbu tadqiqotda ko‘p maqsadli gidroenergetika majmualari uchun GIS asosidagi Big Data processing tizimi ishlab chiqilib, uzoq muddatli prognozlash aniqligini oshirish maqsadida taqsimlangan hisoblash, statistik qayta ishlash, IoT monitoring va geoinformatsion texnologiyalar integratsiyasi amalga oshirildi.
Usullar: PySpark asosidagi taqsimlangan hisoblash, Gauss filtrlash, log-normal transformatsiya, Puasson va binomial statistik qayta ishlash usullari qo‘llanildi.
Natijalar: Taklif etilgan tizim ma’lumotlar ishonchliligini 0,96–0,99 gacha oshirdi, anomal qiymatlarni kamaytirdi va uzoq muddatli prognozlash barqarorligini yaxshiladi.
