Elektr yoyli pechlarining energetik samaradorligini oshirish va yuqori garmonika ta’sirlari taxlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi kunda metallurgiya sanoati elektr energiyasining eng yirik iste’molchilaridan biri bo‘lib, elektr yoyli pechlar yuqori quvvatli va nochiziqli elektr yuklamalari sifatida elektr ta’minoti tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Elektr yoyli pechlarining ishlash jarayonida yoyning beqaror yonishi natijasida tok va kuchlanishning shakli buzilib, elektr tarmoqlarida yuqori darajadagi garmonikalar hosil bo‘ladi. Ushbu yuqori garmonik ta’sirlar elektr energiyasi sifatining yomonlashuviga, transformatorlar, kabel liniyalari hamda taqsimlovchi qurilmalarda qo‘shimcha isroflar va qizishlarning ortishiga olib keladi.Energiya resurslarining cheklanganligi, elektr energiyasi tariflarining oshib borishi va sanoat korxonalariga qo‘yilayotgan energiya samaradorligi talablari elektr yoyli pechlarining energetik samaradorligini oshirish masalasini yanada dolzarb etmoqda. Elektr energiyasi sarfining kamaytirilishi ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish bilan birga, elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish imkonini beradi. Shu bilan birga, yuqori garmonikalarning kamaytirilishi elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirib, boshqa iste’molchilarning elektr energiyasi sifatiga salbiy ta’sirni cheklaydi.Shu sababli elektr yoyli pechlarida yuqori garmonik ta’sirlarni kamaytirish va energiya isroflarini optimallashtirishga qaratilgan tadqiqotlar barqaror sanoat rivoji nuqtayi nazaridan muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, sanoat infratuzilmasini takomillashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.


Maqsad: elektr yoyli pechlarining energetik samaradorligini oshirish hamda ularning elektr ta’minoti tizimiga ko‘rsatadigan yuqori garmonik ta’sirlarini kamaytirishning samarali texnik va boshqaruv usullarini eksperimental asosda aniqlashdan iborat.


Usullari: eksperimental o‘lchashlar, tok va kuchlanish garmonik tarkibini spektral tahlil qilish hamda kompensatsiya va adaptiv boshqaruv rejimlarini solishtirish usullari asosida olib borildi..


Natijalar: elektr yoyli pechlarning turli ish bosqichlarida energetik ko‘rsatkichlar va garmonik tarkib sezilarli darajada o‘zgarishi aniqlandi. Adaptiv elektrod boshqaruvi va reaktiv quvvatni kompensatsiyalash choralari qo‘llanilganda yoy barqarorligi oshib, tokning maksimal qiymatlari kamaydi. Natijada bir tonna mahsulotga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi sarfi 1 % ga qisqardi. Shu bilan birga, tokning umumiy garmonik kamayib, elektr energiyasi sifati yaxshilandi. Ushbu natijalar elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish va uskunalarning xizmat muddatini uzaytirishga xizmat qiladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sultonxo‘ja K. Mahmutxonov. (2026). Elektr yoyli pechlarining energetik samaradorligini oshirish va yuqori garmonika ta’sirlari taxlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 121–126. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/391
Ko'rishlar soni: 38