Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi turbogeneratorning stator chulg‘ami sterjenlarini lokal qizib ketishini hisoblashning matematik modeli

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi kunda amaldagi issiqlik elektr stansiyalarida katta quvvatli turbogenerator stator chulg‘am sterjenlarini lokal qizib ketish jarayonlari yuklamaning keskin oshib ketishi va chulg‘am sterjenlarning ichki qismlariga qurumlarni tiqilib qolishi hisobiga ko‘zatilmoqda, bu esa ishlab chiqarilayotgan foydali aktiv quvvatni keskin kamayib ketishiga olib keladi. Shunday qilib, turbogenerator stator chulg‘am sterjenlarining lokal qizish jarayonida haroratning normal ish holatidan oshib ketishi bilan ko‘zatiladi, bu esa izolyatsiya qatlamini tez eskirishiga, issiqlik deformatsiyalariga, qoʻshimcha magnit va elektr isroflarni ortishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida turbogeneratorning ishlash muddatini qisqartirib, avariya holatiga olib keladi va energetika tizimining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun stator chulg‘amlaridagi qizish jarayonlarini aniq modellar asosida, chulg‘amlarda keskin qizib ketuvchi issiqlik zonalarini oldindan aniqlash energetika uskunalarini samarali ishlatish bugungi kunning eng muhim shartlaridan biridir. Yuqoridagi ma’lumatlarga asoslangan holda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishida turbogeneratorlarda ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvatlarni saqlab qolish chulg‘am sterjenlarini lokal qizib ketishini oldini olish orqali, samarali sovutishni tashkil qilish ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvatni va turbogeneratorning ish samaradorligini oshirish bugungi kunda ancha dolzarb hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib, Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalaridagi quvvati 320 MW bo‘lgan  turbogenerator stator chulg‘amlarini ichki qismlariga qurumlarni tiqilib qolishini oldini olish, uni keltirib chiqaruvchi omillarni chuqur tahlil qilish ulardagi bo‘layotgan issiqlik jarayonlarni atroflicha o‘rganib chiqishni talab qiladi. Ushbu maqolada turbogeneratorlarning stator chulg‘am sterjenlarini lokal qizib ketish jarayonlarini oldini olish, samarali sovutishni qo‘llash va matematik modelini ishlab chiqish asosida, aktiv quvvatni oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.


Maqsad: turbogenerator stator chulg‘am sterjenlarini lokal qizib ketish jarayonlarini matematik modelini, sovutish tizimini yaxshilash asosida ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvatni oshirish va uzluksiz ishlashini ta’minlash.


Usullar: tadqiqot jarayonida turbogenerator stator chulg‘ami sterjenlarini lokal qizib ketish jarayonlarini oldini olish, elektr energetika tizimlarini barqaror ishlashini ta’minlash, stator chulg‘amlarini samarali sovutish usullarini qo‘llash orqali energetika tizimi barqarorlashtirildi. Shuningdek, turbogenerator stator chulg‘am sterjenlariga qurumlarning tiqilish koeffitsenti inobatga olinib, lokal qizish jarayonlarini matematik masalalari samarali hal etish uchun matematik modellar ishlab chiqildi.


Natijalar: issiqlik elektr stansiyalaridagi turbogenerator stator chulg‘amlarini lokal qizish jarayonlarini matematik modellashtirish asosida, samarali sovutish tizimini qo‘llash o‘rganib chiqildi. Natijada ishlab chiqarilayotgan aktiv quvvat oshadi va ishlash davomiyligini oshirishga erishiladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nurali B. Pirmatov, Safar E. Shernazarov, & Farrux A. Akbarov. (2026). Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasidagi turbogeneratorning stator chulg‘ami sterjenlarini lokal qizib ketishini hisoblashning matematik modeli. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 75–83. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/381
Ko'rishlar soni: 44