Asinxron motorning qabul qilayotgan stator tokini kuchlanishga o‘zgartirish asosida reaktiv quvvat manbalarini nazorat qilish tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: zamonaviy sanoat va energetika tizimlarida asinxron motorlar keng qo‘llaniladigan elektr yuritma
turi bo‘lib, ularning konstruktiv soddaligi, yuqori ishonchliligi va iqtisodiy samaradorligi nasos, ventilyator,
kompressor hamda turli texnologik qurilmalarda foydalanish imkonini beradi. Shu bilan birga, asinxron motor
larning muhim kamchiliklaridan biri reaktiv quvvatni katta miqdorda istemol qilishi bo‘lib, bu elektr tarmoqlarida
quvvat omilining pasayishiga, tok yuklamalarining ortishiga va energiya yo‘qotishlarining ko‘payishiga sabab
bo‘ladi. Amaliy sharoitda motor yuklamasining dinamik o‘zgarishi reaktiv quvvatni samarali kompensatsiya qi
lish jarayonini murakkablashtiradi. Ananaviy kondensator batareyalarini boshqarish usullarida kuchlanish, aktiv
quvvat yoki cosφ parametrlaridan foydalaniladi, biroq ushbu usullar real vaqt rejimida yuklama o‘zgarishlariga
yetarli tezkorlik va aniqlik bilan javob bera olmaydi.
Shu sababli, asinxron motor stator zanjiridagi tokni kuchlanish signaliga o‘zgartirish asosida reaktiv quvvat man
balarini nazorat qilish usullarini ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi.
Stator toki motorning elektromagnit holatini bevosita aks ettiruvchi va yuklama o‘zgarishlariga sezgir parametr
bo‘lib, undan foydalanish reaktiv quvvatni avtomatik boshqarish tizimlarining aniqligi hamda tezkorligini
oshirish imkonini beradi. 


Maqsad: asinxron motor stator zanjiridagi tokni mos kuchlanish signaliga aylantirish asosida reaktiv quvvat
manbalarini boshqarish usulini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat. Shu bilan birga, stator
toki bilan yuklama o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlab, hosil qilingan signal asosida reaktiv quvvatni avtomatik nazo
rat qilish imkoniyatlarini asoslash ko‘zda tutiladi.
Usullari: motor yuklamasining turli ish rejimlarida stator toki, kuchlanish va reaktiv quvvat qiymatlari eksperi
mental yo‘l bilan o‘lchandi.


Natijalar: o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida asinxron motor stator zanjiridagi tokni kuchlanish signaliga
o‘zgartirish asosida reaktiv quvvat manbalarini boshqarish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. Tajriba natijalari
stator toki qiymati motor yuklamasi o‘zgarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ekanini va hosil qilingan kuchlanish
signali yuklama holatini aniq aks ettirishini ko‘rsatdi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ilhomjon H. Siddiqov, Kurbanbek M. Najimatdinov, & Ruslanbek K. Najmatdinov. (2026). Asinxron motorning qabul qilayotgan stator tokini kuchlanishga o‘zgartirish asosida reaktiv quvvat manbalarini nazorat qilish tahlili . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 68–74. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/380
Ko'rishlar soni: 61