Past kuchlanishli taqsimlovchi elektr tarmoqlarida filtr-kompensatsiya qurilmalarini genetik algoritm asosida optimal tanlash

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi kunda 0,4 kV past kuchlanishli taqsimlovchi elektr tarmoqlarida nochiziqli yuklamalar,
jumladan yorug‘lik diodli yoritgichlarning elektron quvvat manbalari, impulsli quvvat bloklari, chastota
o‘zgartirgichlar va boshqa elektron iste’molchilar ulushining ortishi natijasida garmonik buzilishlar darajasi oshib
bormoqda. Buning natijasida kuchlanish nosinusoidalligi kuchayadi, neytral simdagi tok ortadi, transformator va
kabel liniyalarida qo‘shimcha quvvat yo‘qotishlari yuzaga keladi hamda elektr energiyasi sifati yomonlashadi.
Oddiy kompensatsiya qurilmalarini qo‘llash har doim ham samarali natija bermaydi, ayrim hollarda esa rezonans
hodisalarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli 0,4 kV tarmoqlarda garmonik buzilishlarni kamaytirish
uchun filtr-kompensatsiya qurilmalarini optimal tanlash dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi.
Maqsad: 0,4 kV taqsimlovchi elektr tarmoqlarida garmonik buzilishlarni kamaytirish, kuchlanishning umumiy
garmonik buzilish koeffitsientini pasaytirish, aktiv quvvat yo‘qotishlarini kamaytirish va elektr energiyasi sifati
ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun filtr-kompensatsiya qurilmalarining optimal turi, quvvati hamda ulanish
nuqtasini aniqlashdan iborat.
Usullar: tadqiqotda 0,4 kV radial taqsimlovchi elektr tarmog‘ining matematik modeli tuzildi va undagi nochiziqli
yuklamalarning garmonik tarkibi hisobga olindi. Filtr-kompensatsiya qurilmalarini tanlash masalasini hal etishda
asosiy usul sifatida genetik algoritmdan foydalanildi. Bunda qurilmaning turi, quvvati va ulanish nuqtasi maqsad
funksiyasi asosida optimallashtirildi. Maqsad funksiyasiga kuchlanishning umumiy garmonik buzilish
koeffitsienti, individual garmonikalar ulushi, aktiv quvvat yo‘qotishlari va neytral sim toki kiritildi.
Natijalar: 0,4 kV taqsimlovchi elektr tarmoqlarida garmonik buzilishlarni kamaytirish masalasi 8 tugunli radial
test sxemasi misolida tahlil qilindi. Nochiziqli yuklamalar ta’sirida hosil bo‘ladigan garmonik buzilishlarning
tarmoq rejim ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash natijalari keltirilgan. Filtr-kompensatsiya qurilmalarini genetik
algoritm asosida tanlash orqali elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkoniyati aniqlangan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abduraxim D. Taslimov, Feruz M. Raximov, & Asliddin O. Norqulov. (2026). Past kuchlanishli taqsimlovchi elektr tarmoqlarida filtr-kompensatsiya qurilmalarini genetik algoritm asosida optimal tanlash. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 56–62. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/378
Ko'rishlar soni: 43