Elektromobillarning turli tezliklarda harakatlanishi davomida sarflanadigan energiya qiymatini uning parametrlari asosida tahlil qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: xalqaro tashkilotlar hisobotlariga ko‘ra elektromobillardan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib
bormoqda. Xususan O‘zbekistonda ushbu tendensiya ham ro‘y bermoqda. Ushbu maqolada elektrmobillarning
energetik qurilmalarini so‘ngra harakatlanish zaxirasiga asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarga bog‘liq bo‘lgan
holatda turli yuklanganlik sharoitidagi xususiyatlarni o‘rganadi. Akkumulyator batareyasidagi quvvat va iste’mol
qilininadigan quvvat o‘zaro bevosita bog‘liq bo‘lib, harakatlanish zaxirasi muvozanatni hosil qiladi. Bundan
tashqari akkumulyator batareyasining vazni elektromobilning massaini oshirib yuborishi esa ortiqcha yuklanishga
sabab bo‘lib, foydali ish ish bajarish holatini tushirib yuboradi. Shuning uchun ushbu bog‘liqlik muhim rol
o‘ynaydi. Mazkur maqolada elektromobilning turli vazn bilan va turli tezliklarda tekislikda va qo‘shimcha
yuklamalarsiz harakatlanayotganda talab qilinadigan quvvati tahlil qilinadi.
Maqsad: elektromobillarning uch xil vazn holatida turli tezlikda harakatlanoyotganda elektromobillarning
energiya manbai hisoblangan akkumulyator batareyalaridan talab qilinadigan qiymatni aniqlash uslubini o‘rganib
chiqishdan iborat.
Usullar: tadqiqot jarayonida akkumulyator batareyalaridan talab qilinadigan quvvatni tahlil qilish uchun o‘rta
klassdagi elektromobillarning texnik xususiyatlarini o‘rgangan o‘rtacha qiymatlari hisobga olindi. Hisoblash
dasturlari orqali avtomobillarga ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash uchun berilgan mexanik va aerodinamik
formulalar yordamida qiymatlar hisoblangan va grafiklar qurildi. Elektromobillarning turli vaznlarda qancha
harakat tezligiga bog‘liq holatda qanday quvvat talab qilinishi solishtirish usulubidan foydalanildi.
Natijalar: elektromobilning turli vaznlarda 0 dan 160 km/h tezlikda tekislikda harakatini hisoblash dasturida
tadqiq qilish asosida, ta’sirini baholash grafik va jadvallar natijalari keltirilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Xushnud B. Sapayev, Akbar Z. Jo‘raboyev, & Oybek O. Daminov. (2026). Elektromobillarning turli tezliklarda harakatlanishi davomida sarflanadigan energiya qiymatini uning parametrlari asosida tahlil qilish . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 40–45. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/376
Ko'rishlar soni: 49