Gidronik issiq pol tizimida issiqlik almashinuv jarayonlarini matematik modellashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi Respublikamizda kunda binolarning energiya samaradorligini oshirish va yoqilg’i-energiya
resurslaridan oqilona foydalanish masalasi energetika va qurilish sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisobla
nadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, turar joy va jamoat binolarida umumiy energiya iste’molining 40 % ga isitish
tizimlariga to‘g‘ri keladi. Shu sababli, past haroratli va energiya tejamkor isitish texnologiyalarini joriy etish ener
giya va resurs tejash muammolarini hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, gidronik issiq pol tizimlari
yuqori issiqlik komforti, harorat maydonining bir tekis taqsimlanishi hamda past haroratli issiqlik tashuvchilar bilan
ishlash imkoniyati bilan ajralib turadi. Biroq ushbu tizimlarning samarali ishlashi undagi issiqlik almashinuv ja
rayonlarini faollashtirish masalasini yechish talab etadi chunki issiqlik tashuvchidan quvur devoriga, pol kon
struksiyasi qatlamlari orqali pol yuzasiga va xona havosiga issiqlik uzatilishining murakkab mexanizmlari energiya
samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois gidronik issiq pol tizimida issiqlik almashinuv jarayonlarini
matematik modellashtirish va ularning energiya samaradorligiga ta’sirini baholash dolzarb ilmiy-amaliy masala
hisoblanadi.
Maqsad: mazkur tadqiqotning maqsadi gidronik issiq pol tizimida yuz beradigan issiqlik almashinuv jarayonlarini
matematik modellashtirish asosida tahlil qilish, issiqlik tashuvchining
harorati, quvur oralig‘i va pol
konstruksiyasining issiqlik-texnik xususiyatlarining issiqlik oqimi va energiya samaradorligiga ta’sirini aniqlash
hamda energiya va resurs tejash nuqtayi nazaridan optimal ish rejimlarini asoslashdan iborat.


Usullar: tadqiqot jarayonida gidronik issiq pol tizimining issiqlik almashinuv jarayonlarini tahlil qilish uchun
issiqlik balansi, issiqlik o‘tkazuvchanlik (Furye qonuni), konvektiv va nurlanish issiqlik almashinuvi
tenglamalariga asoslangan matematik modellashtirish usullari qo‘llanildi. Issiqlik tashuvchining quvur ichidagi
oqimi, pol konstruksiyasi qatlamlari orqali issiqlik uzatilishi hamda pol yuzasidan xona havosiga issiqlik berilishi
ketma-ket bosqichlar asosida modellashtirildi. Hisobiy-tahliliy usullar yordamida tizimning turli ekspluatatsion
rejimlari uchun issiqlik oqimlari va energiya samaradorligi ko‘rsatkichlari baholandi.
Natijalar: matematik modellashtirish asosida gidronik issiq pol tizimining issiqlik berish quvvati va energiya sa
maradorligi ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Hisoblash natijalari shuni ko’rsatadiki, issiqlik tashuvchining harorati va
quvur oralig‘ining issiqlik oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Past haroratli ish rejimlarida ham yetarli
issiqlik berish quvvatiga erishish mumkinligi ko‘rsatildi hamda energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan ish rejimlari
asoslab berildi. Olingan natijalar gidronik issiq pol tizimlarini energiya tejamkor isitish texnologiyasi sifatida
qo‘llashning samaradorligini tasdiqlaydi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Gulom N. Uzakov, & Sardor I. Xamraev. (2026). Gidronik issiq pol tizimida issiqlik almashinuv jarayonlarini matematik modellashtirish . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 2(2), 23–34. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/374
Ko'rishlar soni: 36