Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari uchun zamonaviy uglerod izi va hayot siklini baholash metodikalarining tahliliy sharhi hamda Markaziy Osiyo sharoitlariga moslashtirish istiqbollari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Markaziy Osiyo sharoitlari uchun moslashtirilgan uglerod izi va hayotiy sikl tahlili metodikalariga ehtiyoj katta, biroq mavjud CF/LCA yondashuvlari asosan Yevropa, Shimoliy Amerika va Xitoy uchun ishlab chiqilgan hamda O‘zbekistonga mos bo‘lmagan inventar ma’lumotlar va iqlimiy farazlarga tayanadi.


Maqsad: Asosiy qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari uchun zamonaviy CF va LCA metodologiyalarini tizimlashtirish va ularning qaysi elementlari Markaziy Osiyo sharoitlariga moslashtirilishi zarurligini aniqlash.


Usullari: 2005–2025 yillarda chop etilgan ishlar Scopus, Web of Science, Google Scholar va eLibrary bazalaridagi tadqiqotlarni PRISMA yonashuvi asosdia oldindan belgilangan mezonlar bazasida tizimli tahlil amalga oshirilgan.


Natijalar: CF/LCA metodikalari global darajada yaxshi rivojlangan bo‘lsa‑da, Markaziy Osiyo uchun ularni qo‘llash lokal LCI ma’lumotlarining yo‘qligi, iqlimiy degradatsiya omillari va hayotiy siklning yakuniy bosqichlari yetarli hisobga olinmasligi bilan cheklanmoqda; mintaqaviy inventarlar, dinamik LCA va arid hududlar uchun iqlimga mos CF modellari ustuvor tadqiqot yo‘nalishlari sifatida taklif etildi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nargiza N. Dalmuradova. (2026). Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari uchun zamonaviy uglerod izi va hayot siklini baholash metodikalarining tahliliy sharhi hamda Markaziy Osiyo sharoitlariga moslashtirish istiqbollari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 172–182. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/366
Ko'rishlar soni: 4