Genetik algoritm qo‘llanilgan energosamarador quyosh isitish tizimi

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: dunyo bo‘yicha energiya iste’molining o‘sishi, elektr energiyasi tariflarining oshib borishi hamda ekologik talablarning kuchayishi binolarni isitish sohasida barqaror va energosamarador yechimlarni izlashni rag‘batlantirmoqda. Aholi sektori umumiy energiya iste’molida katta ulushni egallaydi, ayniqsa qishlari sovuq bo‘lgan hududlarda, asosiy yuk aynan isitish tizimiga to‘g‘ri keladi. Oddiy konstruksiyaga ega bo‘lgan an’anaviy elektr qozonlari elektr tarmog‘iga yuqori darajada bog‘liqligi va kechki yuklamani sezilarli oshirishi bilan ajralib turadi. Shu munosabat bilan isitish tizimlarining energosamaradorligi va avtonomligini oshirish muhim ilmiy va muhandislik vazifasiga aylanmoqda.


Maqsad: turar-joy binosi uchun gibrid isitish tizimini (PV–TES–BESS) ishlab chiqish, matematik tavsiflash va imitatsion modellashtirish bo'lib, genetik algoritm (GA) asosidagi operatsion rejalashtiruvchi yordamida Toshkentning qishki iqlim sharoitlarida tarmoqdan elektr energiyasi iste'molini minimallashtirishga qaratilgan.


Usullari: xalqaro tajriba va ushbu boshqaruv usullarining amaliy joriy etilishiga oid taqqoslovchi tahlil qo‘llaniladi.


Natijalar: Toshkentning qishki sharoitlari bo‘yicha o‘tkazilgan modellashtirish natijalari taklif etilgan tizimning tarmoqqa bog‘liqligini sezilarli darajada kamaytirishini va isitishning avtonomligini oshirishini ko‘rsatadi. Ishlab chiqilgan yondashuv sovuq iqlim sharoitlarida samarali ishlaydigan intellektual quyosh isitish tizimlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Umarov Sh. Khabibovich, Murat F. Shamiyev, & Abror O. Pulatov. (2026). Genetik algoritm qo‘llanilgan energosamarador quyosh isitish tizimi. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 158–164. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/363
Ko'rishlar soni: 1