Integratsiyalashgan batareya va superkondensator tizimidan foydalangan holda gibrid elektr stansiyalarda chiqish kuchlanishining sifatini yaxshilash
Referat
Dolzarbligi: Ushbu maqolada akkumulator batareyalari (AKB) va superkondensatorlarning integratsiyalashgan gibrid energiya saqlash tizimi asosida ishlovchi quyosh–dizel elektr stansiyalarida elektr energiyasi sifati va barqarorligini oshirishga qaratilgan. Gibrid elektr stansiyalarida asosiy muammo – invertor chiqishidagi kuchlanishning tez o‘zgarishi, yuklamaning dinamik tebranishlari, qayta tiklanuvchi manbalar (quyosh radiatsiyasi) o‘zgaruvchanligi, hamda nochiziqlik yuklamalar ta’sirida yuzaga keluvchi garmonik buzilishlardir. Bu omillar THD oshishi, fazaviy xatolar va oʻrtacha kvadrat kuchlanishning barqaror emasligiga olib keladi; natijada iste’molchilarning uskunalari ish rejimida uzilishlar, energiya samaradorligining pasayishi va dizel generatorning ortiqcha ishlash sikllariga sabab bo‘ladi
Maqsad: kuchlanishning tez o‘zgarishlari, pik yuklamalar va garmonikalarni yumshatish orqali tarmoqka beriluvchi elektr energiyasining sifatini yaxshilashdir (THD kamayishi, fazaviy xato va amplituda barqarorligi).
Usullari: xalqaro tajriba va talabni boshqarishning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.
Natijalar: Akkumulyator batareyalari va superkondensatorlarni integratsiyalashgan holda qo‘llash gibrid elektr stansiyalarida:kuchlanish barqarorligini oshirish,garmonik buzilishlarni kamaytirish,AKB xizmat muddatini uzaytirish,dizel generator sarfini kamaytirish kabi muhim afzalliklar beradi. Bu yechim zaif tarmoqlar, avtonom qishloq elektrlashtirishi, sanoat ob’ektlari va Smart Grid tizimlarda qo‘llash uchun juda samarali hisoblanadi.
