Iqlimiy xaflar va harorat ekstremall sharoitlarida nasos stansiyalarining boshqaruv tizimi
Referat
Dolzarbligi: nasos uskunalarining ochiq hududlardagi ayniqsa, konchilik va suv xo‘jaligi sohalaridagi og‘ir ekspluatatsiya sharoitlarida, past haroratlarda uskunalarning muzlab qolishi bilan bog‘liq muammo keskin turadi. Bu nasos agregatlarining shikastlanishiga, texnologik jarayonlarda uzilishlarga va ta’mirlash uchun qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi. Shu munosabat bilan, muzlashdan avtomatik himoya qilishning oddiy va ishonchli tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish alohida dolzarb ahamiyatga ega.
Maqsad: mikrokontroller va harorat datchigi asosida nasos agregatini muzlashdan avtomatik himoya qilish tizimini ishlab chiqish va uning ishlashga layoqatliligini eksperimental tarzda tasdiqlash.
Usullar: raqamli signalni qayta ishlash usullari, mikrokontroller orqali boshqaruv, qaror qabul qilish algoritmini imitatsion modellashtirish va model uskunada laboratoriya sinovlari qo‘llanildi.
Natijalar: asosiy nasosning holatini stator toki va atrof-muhit haroratiga ko‘ra baholovchi algoritm amalga oshirilgan tizim ishlab chiqildi. Muzlash xavfi aniqlanganda, avtomatik tarzda yordamchi nasos ishga tushadi va suvning minimal aylanishi ta’minlanadi. Tizimning ishlashga layoqatliligi, harorat bo‘yicha aniq faollashuvi va barcha tugunlarning uzoq muddatli ishlashdagi ishonchliligi tajriba asosida tasdiqlandi.
