Yirik nasos stansiyalarida energiya samaradorligini oshirishda optimal boshqaruv usullarini qo‘llash
Referat
energetika tizimlari (EEТ) bilan birgalikdagi rejimlarini, shuningdek, ularga bo'lgan birgalikdagi ta'sirini hisobga olgan holda tadqiq qilishni talab qiladi.
Maqsad: nasos stansiyalarining va elektr energetika tizimlari rejimlari bilan o'zaro ta'sirini boshqaruv nazariyasi usullari, shuningdek, boshqaruvni optimallashtirish orqali NS energiya samaradorligini oshirish usullari asosida tahlil qilish.
Metodlar: tizimli tahlil usullaridan foydalanildi, NS rejimlari avtomatik boshqaruvining matematik modellaridan foydalanildi. Shuningdek, NS va EEТning turli ekspluatatsiya rejimidagi ishini tadqiq qilish va ularning faoliyatining optimal sharoitlarini aniqlash imkonini beruvchi matematik modellashtirish va tahlil usullaridan foydalanildi.
Natijalar: yirik NS va EEТning birgalikdagi rejimlari samaradorligini tahlil qilish uchun avtomatik boshqaruv va optimallashtirishning matematik modellaridan foydalanish imkoniyatini tasdiqlashdan iborat. Olingan natijalar nasos stansiyalarini loyihalash, modernizatsiya qilish va ekspluatatsiya qilishda, shuningdek, ularning ish rejimlarini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini ishlab chiqishda qo'llanilishi mumkin.
