Quyosh panellari integratsiyalashgan past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish nossimmetriyasini bartaraf etishning markazlashtirilmagan boshqaruv usuli

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: markazlashtirilgan boshqaruv tamoyillariga asoslangan zamonaviy elektr energiyasi tizimlari favqulodda holatlar va nostandart vaziyatlarga nisbatan hali tayyor emas. Bunday holatlar barqarorlikni oshirish va muvozanatni ta'minlashga qaratilgan yangi, markazlashtirilmagan boshqaruv yondashuvlariga o'tish zarurligini ko'rsatadi. Ayniqsa, past kuchlanishli tarmoqlarga taqsimlangan quyosh energiyasi (PV) manbalarining faol integratsiyasi sharoitida bu dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda energetika almashinuvi doirasida raqamlashtirish, “yashil” energiya ishlab chiqarish va Smart Grid texnologiyalarini joriy etish bilan bir qatorda, kuchlanish simmetriyasini saqlash va ta’minot tizimining ishonchliligini oshirish masalalari alohida e’tibor talab qiladi. Ushbu muammolarning samarali yechimlaridan biri sifatida mahalliy darajadagi aqlli kontrollerlarga asoslangan markazlashtirilmagan boshqaruv konsepsiyasi taklif etilgan, bu esa tizimning avtonomligi, moslashuvchanligi va barqarorligini ta’minlaydi.


Maqsad: IoT texnologiyalaridan tashkil topgan infratuzilma hamda fazalarni qayta taqsimlash usullaridan foydalanish va past kuchlanishli tarmoqlarda integratsiyalashgan quyosh panellari bilan kuchlanish darajasini kamaytirish va tarmoq barqarorligini oshirish maqsadida markazlashtirilmagan boshqaruv tizimi samaradorligini asoslash.


Usullari: smart Grid konsepsiyasi doirasida boshqaruv arxitekturalarini solishtirish, bir fazali quyosh generatsiyasining kuchlanish assimetriyasiga ta’sirini tahlil qilish, shuningdek kaskad va umumiy turdagi markazlashtirilmagan boshqaruv sxemalari asosida tizimli modellashtirish.


Natijalar: taklif qilingan markazlashtirilmagan boshqaruv arxitekturasi PV tarmoqlarida yuqori moslashuvchanlikni, amalga oshirish qulayligini ta’minlaydi va keng ko'lamli aloqa infratuzilmasiga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Ilhombek X. Xoliddinov, & Muxlisaxon M. Begmatova. (2026). Quyosh panellari integratsiyalashgan past kuchlanishli elektr tarmoqlarida kuchlanish nossimmetriyasini bartaraf etishning markazlashtirilmagan boshqaruv usuli. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 95–103. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/350
Ko'rishlar soni: 2