0,4 kV past kuchlanishli elektr tarmoqlarining turli rejimlarini modellashtirish va tahlil etish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: elektr energiyasiga bo‘lgan talabning yil sayin ortib borishi, ayniqsa 0,4 kV past kuchlanishli taqsimlash tarmoqlarida yuklamalarning notekis taqsimlanishi elektr energiyasi isrofining yomonlashuviga olib kelmoqda. Bunday tarmoqlarda iste’molchilarning fazalar bo‘yicha nosimmetrik ulanishi natijasida kuchlanishlarning nomutanosibligi, aktiv va reaktiv quvvat isroflarining ortishi hamda elektr jihozlarining ishlash rejimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan holatlar tez-tez kuzatilmoqda. Amaliyotda ko‘plab past kuchlanishli elektr tarmoqlarini loyihalash yoki ekspluatatsiya qilish jarayonida soddalashtirilgan hisoblash usullari asosida baholanadi. Bu esa real ish rejimlarini, ayniqsa nosimmetrik yuklama holatlarini yetarli darajada hisobga olmaslikka olib keladi. Natijada tarmoqdagi haqiqiy kuchlanish darajalari, fazalararo nomutanosiblik va quvvat isroflari aniq baholanmaydi. Olingan natijalar past kuchlanishli elektr tarmoqlarida elektr energiya isroflarini kamaytirish, kuchlanish sifatini yaxshilash va tarmoqni optimal ekspluatatsiya qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga


ega.


Maqsad: 0,4 kV past kuchlanishli elektr tarmog‘ining simmetrik va nosimmetrik ish rejimlarini DigSILENT PowerFactory dasturi yordamida modellashtirish hamda yuklamalarning fazalar bo‘yicha taqsimlanishi tarmoqdagi kuchlanishlarning fazalararo nomutanosiblik hamda aktiv va reaktiv quvvat isroflariga ta’sirini kompleks tahlil qilishdan iborat.


Usullari: elektr tarmog‘ining ish rejimlarini o‘rganish uchun hisoblash–modellashtirish usullaridan foydalanildi.


Natijalar: DigSILENT Power Factory dasturida 0,4 kV past kuchlanishli elektr tarmog‘ining simmetrik va nosimmetrik ish rejimlari modellashtirildi hamda ularning elektr tarmog‘iga ta’siri baholandi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, yuklamalarning fazalar bo‘yicha nosimmetrik taqsimlanishi past kuchlanishli elektr tarmoqlarida elektr energiyasi sifatining yomonlashuviga hamda isroflarning ortishiga olib keladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Muzaffar B. Xudayarov, Jahongir A. Abduxalimov, & Doniyor S. Oltiboyev. (2026). 0,4 kV past kuchlanishli elektr tarmoqlarining turli rejimlarini modellashtirish va tahlil etish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 58–68. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/338
Ko'rishlar soni: 5