Oʻzgaruvchan tok oʻzgartirgichlarining zamonaviy istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari
Referat
Dolzarbligi: ishning dolazarbligi sanoatning turli ishlab chiqarish jarayonlarida, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladigan kuchli oʻzgaruvchan tok oʻzgartirgichlarning zamonaviy rivojlanish yoʻnalishlari keltirilganligi bilan izohlanadi. Bugungi kunda kuchli oʻzgaruvchan tok oʻzgartirgichlarini yaratishda eng keng qoʻllaniladigan usul bu ikki marta energiyani oʻzgartirish tizimlaridan (IEOʻ) foydalanish hisoblanadi. Maqolada IEOʻ tizimining elektr sxemasi va funksional vazifalari, shuningdek, impuls kengligi modulyasiyali (IKM) inverterning texnik va sxematik imkoniyatlari, gibrid va matritsali strukturasi, hamda chiqish parametrlarining garmonik tarkibini yaxshilash uchun mustaqil (avtonom) filtrlarlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga egaligi koʻrsatilgan. Shuningdek, maqolada gibrid strukturaning yuqori garmonikali filtrlar bilan birgalikda ishlatilishi orqali kirish quvvat koeffitsientini oshirish va elektromagnit mos kelmaslikning oldini olish muammolarini bartaraf etish mumkinligi koʻrsatilganligiga asoslanadi. Mazkur maqolada oʻzgaruvchan tok oʻzgartirgichlarining zamo-naviy istiqbolli rivojlanish yoʻnalishlari tahlil qilinadi.
Maqsad: ikki marta energiyani oʻzgartirish tizimlarini qoʻllash orqali zamonaviy kuchli oʻzgaruvchan tok oʻzgartirgichlarning turli sxematik maqsadlari sanoat ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda samarali qoʻllanilish darajasini oshirishdan iborat.
Usullar: tadqiqot jarayonida kuchli oʻzgaruvchan tok oʻzgartirgichlarini yaratishda eng keng qoʻllaniladigan ikki marta energiyani oʻzgartirish tizimlarini qoʻllash hamda imitatsion modellash usullari qoʻllanilgan.
Natijalar: ikki marta energiyani oʻzgartiruvchi qurilmalarni yaratishda impuls kengligi modulyasiyali va garmonikalarni bartaraf etuvchi filtrli toʻgʻrilagichlardan foydalanish qurilmaning kirish quvvat koeffitsientini yaxshilash, qurilmaning kirish quvvat koeffitsientini oshirish va tarmoq bilan vujudga kelishi mumkin boʻlgan elektromagnit muvofiqlik muammosini hal qilish imkoniyati berishi hamda oʻzgartgichning matritsali tuzilmasi birlamchi manba chastotasiga nisbatan chiqish kuchlanishi chastotasini oshirish yoki kamaytirishga imkon berishi va shu bilan birga tizimning ishonchliligini oshirish mumkinligi bilan izohlanadi.
