Murakkab energetika tizimlarining holatlarini sun’iy intellekt usullarida optimallashtirish samaradorligining tadqiqi

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: hozirgi davrda butun Jahonda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning doimiy tarzda oshib
borishi va an’anaviy resurslarning cheklanganligi, ekologik xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash
zaruriyati energetika ishlab chiqarish jarayonida resurslardan samarali foydalanish, jumladan energetika
tizimlarning ish holatlarini optimallashtirishning usul va algoritmlarini yanada takomillashtirishni talab
etadi.
Ushbu holatlarni e’tiborga olib, mazkur maqolada energetika tizimlari holatlarini
optimallashtirishda 5 ta sun’iy intellekt usullari va algoritmlari, xususan genetik algoritm (GA), zarralar
galasi algoritmi (PSO), differensial evolyutsiya (DE), sun’iy asalarilar koloniyasi algoritmi (ABC) va
chumolilar koloniyasi (ACO) algoritmlarini qo‘llash imkoniyatlarini tadqiqi va ularning samaradorligini
taqqoslash natijalari keltirilmoqda. Ushbu yondashuv, nafaqat nazariy jihatdan, balki amaliy tadbiq va
energetika tizimi barqarorligini oshirish maqsadida ham ahamiyatlidir.
Maqsad: ushbu tadqiqotning maqsadi zamonaviy murakkab energetika tizimlarining holatlarini
optimallashtirishda sun’iy intellekt usullaridan foydalanish samaradorligini tadqiq qilish asosida
ularning qisqa muddatli holatlarini rejalashtirish va operativ holatlarini boshqarish modellari va
algoritmlarini takomillashtirishdan iborat.
Usullar: tadqiqot jarayonida elektr energetika tizimlarining barqarorlashgan holatlarini hisoblash va
ularni optimallashtirishga doir zamonaviy nazariy yondashuvlar, shuningdek, nochiziqli matematik
dasturlash, tizimli tahlil va sun’iy intellekt usullari qo‘llanildi.


Natijalar: umumiy hollarda ko‘p sonli oddiy, funksional, integral xarakterdagi tenglik va tengsizlik
ko‘rinishidagi ko‘p ekstremumli murakkab masala hisoblanuvchi energetika tizimlarining holatlarini
optimallashtirish masalasini yechishda an’anaviy usullardan foydalanish ayrim hollarda ularni
approksimatsiyalash zarurligi va mos holda aniqlikning pasayishi, iterativ hisoblash jarayonining
ishonchsizligi kabi faktorlar bog‘liq qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu quyinchiliklarni bartaraf
etish uchun sun’iy intellekt usullaridan foydalanish muhim sanaladi. Ularning samaradorligini qiyosiy
tahlili muayyan misolda amalga oshirildi. Natijalar zarralar galasi algoritmi (PSO), differensial
evolyusiya (DE), sun’iy asalarilar koloniyasi (ABC) va chumolilar koloniyasi (ACO) algoritmlarinining
samaradorligi taxminan bir xil bo‘lib, ularning boshqalariga nisbatan yuqori ekanligi ko‘rsatilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Tulkin Sh. Gayibov, Alisher E. Shanazarov, & Afzalbek T. Bozorov. (2026). Murakkab energetika tizimlarining holatlarini sun’iy intellekt usullarida optimallashtirish samaradorligining tadqiqi . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 1(1), 32–41. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/334
Ko'rishlar soni: 3