Demografik, iqtisodiy va iqlimiy omillarning elektr energiyasi iste’molining uzoq muddatli prognoziga bo‘lgan ta’sirini baholash
Referat
rejalashtirish, elektr energiyasi ta‘minotining strategiyalarini ishlab chiqish va elektr energetik tizimning
barqarorligini ta'minlashda muhim vazifa hisoblanadi. Elektr energiyasi iste’molini uzoq muddatli
prognozlashning asosiy jihatlaridan biri bo‘lib, ta’sir qiluvchi bir nechta omillarni bir vaqtda hisobga olish
hisoblanadi. Demografik, iqtisodiy va iqlimiy omillar umumiy elektr energiya iste’molining tavfsifini
shakllantiradi, ammo har bir omilning ta’siri aniq sharoitlarga qarab sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Regressiya modellari yordamida hisoblangan og‘irlik koeffitsiyentlari har bir omilning elektr energiyasiga
bo‘lgan talabdagi uzoq muddatli o‘zgarishlarga ta’sirini miqdoriy jihatdan baholashga imkon beradi. Shu sababli,
omillarning og‘irlik koeffitsiyentlarini baholash jarayoni tahlilning muhim qismini tashkil etib, prognozlarning
aniqligini yaxshilashga, shuningdek, elektr energiyasiga bo‘lgan talabni uzoq muddatli rejalashtirishda e’tibor
talab qiladigan eng muhim omillarni aniqlashga yordam beradi. Shu bilan birga, demografik, iqtisodiy va iqlimiy
omillarning og‘irlik koeffitsiyentlarini o‘rganish va ularning elektr energiyasiga bo‘lgan talabni prognozlashdagi
ta’sirini aniqlash, energetika sohasidagi yanada aniqroq va asosli prognozlarni ishlab chiqishga olib keladi. Bu
esa o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashgan barqaror elektr energiyasi ta'minoti modellari uchun amaliy
ahamiyatga ega.
Maqsad: elektr energiyasi iste’molini uzoq muddatli prognozlashga ta’sir qiluvchi asosiy omillarni tahlil qilish.
Usullari: statistik tahlil va prognozlash usullaridan foydalaniladi.
Natijalar: tahlil natijalariga ko‘ra, uzoq muddatli elektr energiyasi iste’moliga eng katta ta’sirni joriy iste’mol
(59,54 %) ko‘rsatadi, undan keyin demografik (21,91 %) va iqtisodiy omillar (12,28 %) turadi. Iqlimiy omil eng
past ulushga ega (6,27 %). Model yuqori aniqlikni ko‘rsatdi (RMSE = 0,1611) va elektr energetika tiziminidagi
uzoq muddatli prognozlashda qo‘llash imkonini beradi.
