Havo elektr uzatish tarmoqlarini monitoring qilishning zamonaviy texnologiyalari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Energiya iste’molining ortishi havo elektr uzatish liniyalarini (EUL) ularning jismoniy imkoniyatlari chegarasida ishlatishga majbur qilmoqda. Elektr uzatishning samaradorligini oshirish, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish va avariya xavfini pasaytirish uchun havo tarmoqlarini real vaqt rejimida monitoring qilish dolzarb hisoblanadi.


Maqsad: EUL simlarining harorati, mexanik tarangligi, osilish darajasi, muzlanishi va elektr parametrlarini monitoring qilish orqali tarmoqlarni samarali boshqarish, energiya uzatish samaradorligini oshirish va texnik xizmat xarajatlarini kamaytirish.


Usullari: Simlarning elektr va mexanik parametrlarini telemetrik kuzatish; CAT-1 va OTLM kabi zamonaviy monitoring tizimlaridan foydalanish; Sensorlar, tenzodatchiklar, akselerometrlar va meteostansiyalarni qo‘llash; Ma’lumotlarni simsiz aloqa kanallari (GSM, GPRS, ZigBee, xBee) orqali uzatish va SCADA tizimida qayta ishlash.


Natijalar: Elektr energiyasini uzatish samaradorligi 15–30% gacha oshadi; Avariya va nosozliklarni aniqlash tezlashadi, texnik xizmat xarajatlari kamayadi; Simlarning kritik holatlari, muzlanish va rezonans hodisalarini aniqlash orqali tarmoqning ishlash ishonchliligi oshiriladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Moxirbek T. Maxsudov. (2026). Havo elektr uzatish tarmoqlarini monitoring qilishning zamonaviy texnologiyalari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 351–358. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/317
Ko'rishlar soni: 21