Holatlar fazosining umumlashgan modeli yordamida kuch zanjirlari dinamikasini modellashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: zamonaviy energetikani rivojlantirishning dolzarb muammolaridan biri yuqori samarali energiya qurilmalarining yangi modellarini ishlab chiqish va mavjudlarini modernizatsiya qilishdir. Zamonaviy energetik qurilmalarning rivojlanish jarayoni ularning qo‘llanilish sohasini kengaytirish va murakkablik darajasini oshirishning barqaror tendensiyasi bilan tavsiflanadi. Energetik qurilmalar oddiy analog rostlagichli tizimlardan zamonaviy kompyuterli boshqaruv tizimlarigacha yol bosdi va buning natijasida yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi, xususan, boshqaruv algoritmlarining moslashuvchanligi, masofadan boshqarishni ta’minlash va h.k. Bunday qurilmalarning funksionalligi va ishonchliligiga, ularning dinamik xususiyatlarini yaxshilashga, boshqaruv va diagnostika quyi tizimlarini rivojlantirishga, yangi intellektual texnologiyalardan foydalangan holda boshqaruv funksiyalarini kengaytirish va murakkablashtirishga qo‘yiladigan talablar sezilarli darajada oshdi. Ushbu talablarni ta’minlash yo‘llaridan biri energetik qurilmalarning o‘zini va ularning tarkibiy qismlarini matematik va kompyuterli modellashtirish usullari va vositalarini yanada rivojlantirish hamda ularni loyihalash, boshqarish, nazorat va diagnostika jarayonlariga jalb qilish hisoblanadi.


Maqsad: kuch zanjirlarini modellashtirish uchun holatlar fazosining umumlashgan modelidan foydalanishni tahlil qilish va asoslash.


Usullar: matematik va kompyuter modellashtirish usullari va avtomatik boshqarish nazariyasi elementlari.


Natijalar: kuch zanjiri dinamikasini modellashtirish uchun holatlar fazosining umumlashgan modeli usulini qo‘llash modellashtirish tenglamalari sonini kamaytirish va differensial-algebraik tenglamalar to‘plamini yechish uchun yagona algoritmdan foydalanish imkonini beradi. Natijalar ushbu yondashuvning amalga oshirilishi va samaradorligini ko‘rsatdi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Miraziz V. Sagatov, & Oleksandr A. Sytnik. (2026). Holatlar fazosining umumlashgan modeli yordamida kuch zanjirlari dinamikasini modellashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 276–283. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/308
Ko'rishlar soni: 19