PV panellarini integratsiyalashda past kuchlanishli tarmoqlarda fazalarni simmetriyalashning aqlli algoritmlari
Referat
Dolzarbligi: Fotoelektrik tizimlarga (PV) asoslangan taqsimlangan past kuchlanishli elektr tarmoqlari tizimda yangi texnik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Asosiy muammolardan biri bu bir fazali PV panellarining notekis ulanishi natijasida yuzaga keladigan fazali nossimetriyadir. Kuchlanish va tokning nossimetriyasi elektr energiyasi sifatining yomonlashishiga, yo'qotishlarning oshishiga, neytral simning ortiqcha yuklanishiga va elektr ta'minotining ishonchliligining pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda tarmoqning barqaror ishlashini va PV panellarni integratsiyasini ta'minlaydigan fazalarni simmetriyalashning samarali usullarini ishlab chiqish vazifasi alohida ahamiyatga ega. Istiqbolli yondashuvlardan biri bu fazani tartibga solish va PV panel ish rejimlarini boshqarish uchun aqlli boshqaruv tizimlarini, xususan noaniq mantiqli (FLC) qo'llashdir.
Maqsad: Neytral tokni minimallashtirish, fazalararo simmetriyasini oshirish va tizimdagi yo'qotishlarni kamaytirishga asoslangan noaniq mantiqli (FLC) qo'llashga asoslangan taqsimlangan quyosh qurilmalari bilan past kuchlanishli tarmoqlarda fazalararo simmetriyani boshqarishning aqlli usulini ishlab chiqish.
Usullari: Tadqiqot davomida MATLAB/Simulink muhitida modellashtirish usullari, noaniq to‘plamlar nazariyasi hamda fazalarni simmetriyalash algoritmlari qo‘llanildi. Noaniq mantiqli (FLC) ishlab chiqildi.
Natijalar: Modellashtirish asosida noaniq mantiqli (FLC) yordamida fazalarni simmetriyalashning aqlli boshqaruv tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizimda kirish parametrlari sifatida fazaviy toklar va fazalar orasidagi nossimetriya burchagi qo‘llanildi. Chiqish o‘zgaruvchisi sifatida esa fazalarni taqsimlash tizimining ijro etuvchi qurilmalariga uzatiladigan boshqaruv signali shakllantirildi.
