Аnʼanaviy noayon qutbli sinxron generatorning Matlab Simulink modeli yordamida oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish jarayonini modellashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish - bu sistema elementlari va generator chulgʻamlarida kuchlanish va tokning (U va I) oʻz-oʻzidan ortib ketishi bilan xarakterlanuvchi elektromagnit noturgʻunlikdir. Oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish sodir boʻlishining zaruriy sharti stator zanjirida mashinaning induktiv karshiligi bilan tebranish konturini vujudga keltiruvchi ulangan sigʻimning mavjud boʻlishidir. Mashina chulgʻamlarining xususiy va oʻzaro qarshiliklari rotor aylanganda vaqt davomida oʻzgaruvchanligi sababli konturda elektr tebranishlar soʻnmasdan, aksincha ortib boruvchi sharoit yuzaga kelishi mumkin. Bu oʻz-oʻzini qoʻzgʻatishni ifodalaydi. Sinxron generatorning oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish jarayoni salbiy holat hisoblanadi, chunki kuchlanish va toklarning qiymatlari juda katta boʻlishi mumkin va eng asosiysi ularni boshqarib boʻlmaydi.


Maqsad: An'anaviy noayon qutbli sinxron generatorning Matlab Simulink  modeli yordamida oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish jarayonini modellashtirish va tahlil qilishdan iborat.


Usullar: tadqiqot jarayonida sinxron generatorlarning elektromagnit oʻtkinchi jarayonlari nazariyasi, matematik aproksimasiya, differensial tenglamalarni echishning Runge-Kutta usuli, oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish jarayonlarini MatLab Simulink dasturida modellashtirish, olingan natijalarni taqqoslash va qayta ishlashda matematik statistika usullaridan foydalanilgan.


Natijalar: An'anaviy noayon qutbli sinxron generatorning Matlab Simulink  modeli yordamida oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish jarayonini modellashtirish natijalari keltirilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Allabergen E. Bekishev, & Ulug‘bek N. Berdiyorov. (2026). Аnʼanaviy noayon qutbli sinxron generatorning Matlab Simulink modeli yordamida oʻz-oʻzini qoʻzgʻatish jarayonini modellashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 234–245. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/303
Ko'rishlar soni: 27