Qozonlarning aylanuvchi regenerativ havo isitgichlarini zanglash va ifloslanishdan himoya qilish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: oltingugurtli mazut yoki gaz yoqilg‘ilari yoqilishi jarayonida gaz-mazut qozonlarining regenerativ havo isitgichlarida korroziya va ifloslanishni kamaytirish maqsadida, odatda, havo isitgichlarning sovuq uchiga beriladigan havoni oldindan isitish usuli qo‘llaniladi. Bu havo isish jarayoni ko‘pincha bug‘ turbinasidan olinadigan bug‘ bilan ta’minlanadigan kalorifer qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Qozon ish samaradorligidagi yo‘qotishlarni minimallashtirish va o‘tkir o‘zgaruvchan yuklama sharoitida korroziya hamda ifloslanish darajasini me’yoriy chegaralarda ushlab turish uchun, havoni oldindan isitish haroratini boshqarish zarurati paydo bo‘ladi. Shunga qaramay, mavjud standart sxemalar kalorifer qurilmasidan isituvchi bug‘ kondensatini chiqarishda ikki fazali muhit oqimining ishonchli gidrodinamik rejimini ta'minlay olmaydi. Bu esa, bug‘ning pastki kondensat yig‘uvchi kameralariga kirib ketishining oldini olish imkonini bermaydi. Ushbu maqolada bizning tadqiqotlarimiz asosida ishlab chiqilgan va patent olish uchun taklif etilgan avtomatik boshqaruv tizimi – bug‘li kalorifer qurilmasida havoni oldindan isitish haroratini boshqarish tizimi haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Shuningdek, bug‘ kondensatini chiqarish tizimida gidrozarbalarning oldini oluvchi qurilma va 160 MVt quvvatli TGM-94 gaz-mazut qozoni uchun kalorifer qurilmasining yangi oqim sxemasi keltirilgan.


Maqsad: oltingugurt saqlovchi yoqilg‘ilar, jumladan tabiiy gaz va mazutni birgalikda yoki alohida yoqishda energetik qozonlardan foydalanish samaradorligi va ishonchliligini oshirish.


Usullari: energetik qozonlar va ularning ish rejimini avtomatik boshqarish tizimlarini optimallashtirish nazariyasi va amaliy usullaridan foydalanilgan. Ushbu usullar oltingugurt saqlovchi yoqilg‘ilarni birgalikda yoqish sharoitida qo‘llanilgan.


Natijalar: tabiiy gaz va mazutni birgalikda yoqishda TGМ-94 turidagi qozonlarga yangi texnologiya va ish rejimini avtomatik boshqarish tizimini joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Sagdulla K. Ismatxodjaev, Nadir A. Zaxidov, & Xayrulla S. Isaxodjayev. (2026). Qozonlarning aylanuvchi regenerativ havo isitgichlarini zanglash va ifloslanishdan himoya qilish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 227–233. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/302
Ko'rishlar soni: 26