Issiqlik markazlarida suvni koagulyatsiya qi-lishda ishlatiladigan asosiy qurilmalar

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: dunyodagi hozirgi ekologik vaziyat insonlarning kundalik hayotida – ham maishiy maqsadlarda, ham sanoat maqsadlarida, xususan issiqlik elektr energetikasida zarur bo‘lgan suvning sifatiga ham so‘zsiz ravishda ta’sir ko‘rsatmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, issiqlik elektr stansiyalarida bir gigavatt elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun 32-42 kub metr suvdan foydalaniladi, misol uchun, faqatgina issiqlik elektr stansiyasi energiya bloklaridan birining turbinasi kondensatorini sovutish uchun bir soatda 6 ming dan 10 mingacha kub metr suv sarflanadi.


Maqsad: IES va IMda suvlarni tozalashda SNII-2 turdagi konstruksiyali tindirgichlar yordamida Koagulyant dozasining suv tarkibiga bog‘liqligi  aniqlash. Buning uchun ishlatiladigan alyuminiy sulfat, asosan, qimmatbaho reagent bo‘lgan alyuminiy gidroksiddan olinadi.


Usullari: IES  suvlarini mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va termik tozalash usullari orqali korxona turiga qarab suvning zarur sifatiga qadar tozalanadi.


Natijalar: Tajribamizda koagulyant sifatida FeSO4 tuzi ishlatilsa, suv pH ini ishqoriy muhitga keltirish uchun  Di = Dk – Ium + Iq  formula yordamida 1-jadvalda suvga flokulyant qo‘shilmaganda suv tarkibidagi organik va muallaq moddalarning miqdoriga qarab, koagulyant dozasi qanday olinishi ko‘rsatildi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Kalibek S. Shamsiyev, & Ikrom B. Umarov. (2026). Issiqlik markazlarida suvni koagulyatsiya qi-lishda ishlatiladigan asosiy qurilmalar. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 203–208. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/298
Ko'rishlar soni: 73