Nosimmetriya rejimini qishloq tarmoqlarining asosiy tasniflariga bogʻliqligi

TO'LIQ MATN:

Referat

kasb etmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi, aholi iste’molining notekisligi va past kuchlanishli tarmoqlarda koʻp sonli bir fazali yuklamalar oqibatida elektr energiyasining nosimmetriya rejimi keskin namoyon bo‘lmoqda. Nosimmetriya elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini yomonlashtiribgina qolmay, balki transformatorlarning qizishi, elektr uskunalarining ortiqcha yuklanishi va xizmat muddati qisqarishiga olib keladi. Qishloq elektr tarmoqlarining kuchlanish darajasi, sxematik tuzilishi, yuklama turi va liniya uzunligi kabi asosiy tasnif xususiyatlari bevosita nosimmetriya rejimining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli qishloq hududlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud quvvatlarni samarali taqsimlash hamda iste’molchilarga yuqori sifatli elektr energiyasini yetkazib berish uchun nosimmetriya jarayonlarini chuqur o‘rganish va tarmoq tasniflari bilan bog‘liq holda tahlil qilish bugungi kunda muhim ilmiy-amaliy vazifalardan biri hisoblanadi. Bunday sharoitda tarmoq nosimmetriyasining manbalarini aniqlash, uning oqibatlarini baholash va uni kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish qishloq elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish, energiya sifatini yaxshilash va yo‘qotishlarni kamaytirishda dolzarb ahamiyat kasb etadi.


Maqsad: qishloq elektr ta’minoti tizimlarida uchraydigan nosimmetriya rejimini shakllanish sabablari va uning oqibatlarini qishloq tarmoqlarining asosiy tasniflari (kuchlanish darajasi, topologiyasi, yuklama turi va liniya uzunligi) bilan bog‘liq holda tahlil qilish hamda iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifatini yaxshilash uchun samarali texnik va tashkiliy choralarni asoslash.


Usullari: turli tasnifdagi tarmoqlarda nosimmetriya darajasini solishtirishning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.


Natijalar: qishloq elektr tarmoqlarida 0,38 kV kuchlanish darajasida yuklama nosimmetriyasi ehtimolini aniqlashda ko‘plab egri chiziqlardan foydalanish o‘rniga ularni ikki asosiy guruhga ajratish maqsadga muvofiq ekani aniqlandi. Tahlil natijalariga ko‘ra, yuklama nosimmetriyasini hisoblash jarayonini soddalashtirish va aniqligini ta’minlash uchun ikki xos egri chiziqdan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar beriladi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abdulxay N. Rasulov, & Baxtiyor M. Husanov. (2026). Nosimmetriya rejimini qishloq tarmoqlarining asosiy tasniflariga bogʻliqligi . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 154–159. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/289
Ko'rishlar soni: 23