Dastlabki ma’lumotlar qisman noaniq boʻlgan sharoitlarda elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimallashtirish
Referat
Dolzarbligi: Elektr energetika tizimlarining qisqa muddatli holatlarini optimal rejalashtirish masalalarida, yuklama quvvati qisman noaniq boʻlib hisoblanadi. Tugunning aktiv yuklamalarining qisman noaniqlik tabiati koʻplab omillar bilan bogʻliq boʻlib, ular muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Tugun yuklamalarini bashorat qilishning mavjud usullari, barcha ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olgan holda, rejalashtirilgan davr uchun ularning yuklama grafiklarini aniqlay olmaydi. Natijada, bunday yuklama grafiklari yordamida olingan optimallashtirish natijalari odatda sezilarli xatolarga ega boʻlib, optimallashtirish effektini kamaytiradi. Shuning uchun, joriy ish sharoitlarini hisobga olgan holda, energiya tizimi rejimlarining qisqa muddatli holatini dastlabgi ma’lumotlar qisman noaniq boʻlgan sharoitlarda optimal rejalashtirish usullari va algoritmlarini takomillashtirish dolzarb masala boʻlib hisoblanadi.
Maqsad: Dastlabki ma’lumotlar qisman noaniq boʻlgan sharoitlarda elektr energetika tizimining qisqa muddatli holatini optimallash algoritmini takomillashtirish.
Usullari: xalqaro tajriba va talablarni hisobga olgan holda, optimallashtirishning qiyosiy tahlil usullari va algoritmlaridan foydalaniladi.
Natijalar: Oʻzbekiston EETda dastlabki ma’lumotlar qisman noaniq boʻlgan sharoitlarda qisqa muddatli holatlarni optimal rejalashtirish, taklif etilayotgan algoritmning samaradorligini sinov sxemalarida tekshirish.
