O‘zbekistonda modulli qozon qurilmalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va ularning qiyosiy tahlili
Referat
Dolzarbligi: respublika shaharlari bo‘yicha o‘tkazilgan issiqlik tarmoqlarini tadqiq etish natijalari amaldagi markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi samarasiz ekanini ko‘rsatdi. Qish mavsumining nisbatan iliq davrlarida, issiq suv ta’minoti me’yorlariga rioya qilinishi sababli ko‘p qavatli uylar xonadonlarining ortiqcha qizib ketishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Natijada aholida turar joy ichida yuqori haroratlarga odatlanish holati yuzaga keladi.Mavjud markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimida, odatda, tarmoq suvini to‘ldirish (podpitka) sarflari me’yoridan oshadi. Bu esa, xonadagi me’yoriy 18°C harorat aholiga noqulay tuyilgani uchun yuz beradi va natijada aholi ichki issiqlik kommunikatsiyalariga noqonuniy aralasha boshlaydi. Biror bitta binodagi tarmoq suvining ortiqcha sarfi qo‘shni uylar bo‘yicha issiqlik tashuvchi suv oqimining kamayishiga olib keladi, bu esa o‘sha uylar aholisi tomonidan isitish tizimi ish tartibini buzishga undaydi.Suv harorati sovuq kunlarda pasayganda, tizimning nomutanosib ishlashi yanada tezlashadi. Tarmoq suvini to‘ldirish sarflari issiqlik manbalarining imkoniyatlaridan oshib ketadi va bu chiqarish nuqtalarida bosim bo‘yicha belgilangan parametrlarni pasaytirishga majbur qiladi, natijada iste’molchilarga zarur bo‘lgan issiqlik energiyasini yetkazib berish yanada cheklanib qoladi.
Maqsad: ikki mavjud qozonxonaning eksperimental ma'lumotlarini tahlil qilish (Axmad-Yugnakiy Mirzo Ulug’bek tumani) va modulli qozonlarning markazsizlashtirilgan isitish uchun ishlatilishi mumkinligini ko'rsatish.
Usullari: ushbu maqolada analitik usul asosiy metod sifatida qo‘llangan.
Natijalar: bunday mexanizmning samarasizligini hisobga olgan holda, binolarni issiqlik almashinuvchilari orqali yopiq konturlarga o'tkazish imkoniyati ko'rib chiqilmoqda, bu esa kutilganidek, markazlashtirilgan isitish tizimlarining xizmat qilish muddatini ikki baravar oshiradi. Shuningdek, kichik va avtonom isitish qurilmalarini joriy etish orqali isitish sektorini markazsizlashtirish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Yuqori samarali qozonlardan foydalanish issiqlik ta'minotidagi nosozliklar xavfini kamaytirishi va kichik qozonxonalar samaradorligini oshirishi, shuningdek, tashish paytida issiqlik yo'qotishlarini minimallashtirishi taxmin qilinmoqda.
