Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida kichik quvvatli generatsiya manbalarini joylashtirish va quvvatini optimallashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Hozirgi kunda elektr energetika tizimlarida kichik quvvatli generatsiya manbalarini integratsiya qilish masalasi jahon miqyosida dolzarb ilmiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bu energiya manbalari elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish, markazlashgan tarmoqlar yuklamasini kamaytirish hamda energiya yo‘qotishlarini qisqartirish imkonini beradi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi va ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish mamlakat energetika siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, energetika tizimini barqaror va samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Maqsad: Tadqiqotning asosiy maqsadi — taqsimlovchi elektr tarmoqlarida kichik quvvatli generatsiya manbalarining optimal joylashuv nuqtalarini va ularning quvvat miqdorini aniqlash orqali elektr energiyasi yo‘qotishlarini minimallashtirishdir. Shu orqali taqsimlovchi tizimning ish rejimini barqarorlashtirish, kuchlanish darajalarini normallashtirish hamda umumiy energetik samaradorlikni oshirish maqsad qilingan.


Usullar: Tadqiqotda aralash chiziqli bo‘lmagan-butun sonli dasturlash modelidan foydalanilgan bo‘lib, optimal yechimni topish uchun Kellining kesuvchi tekisliklar modifikatsiyalangan usuli va genetik algoritmlar qo‘llanildi. Hisoblash va modellashtirish ishlari GAMS (General Algebraic Modeling System) hamda RASTR dastur muhitlarida amalga oshirildi. 30 tugunli radial-taqsimlovchi elektr tarmog‘i asosida eksperimental model qurilib, tarmoqning kuchlanish parametrlari va quvvat yo‘qotishlari tahlil qilindi.


Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, taqsimlovchi tarmoqda kichik quvvatli generatsiya manbasini 7-tugunda 2,055 MVt quvvatda joylashtirish elektr energiyasi yo‘qotishlarini 218 kVt dan 113,7 kVt gacha kamaytirgani aniqlandi. Bu esa taklif etilgan optimallashtirish usulining samaradorligini hamda elektr tarmoqlarining ish rejimini yaxshilashdagi amaliy ahamiyatini tasdiqladi. Shu bilan birga, modellashtirish natijalari to‘liq variantli hisoblashlar bilan muvofiq kelgani taklif etilgan yondashuvning ishonchliligini ko‘rsatadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abduraxim D. Taslimov, & A'zam I. Turayev. (2026). Taqsimlovchi elektr tarmoqlarida kichik quvvatli generatsiya manbalarini joylashtirish va quvvatini optimallashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, 4(4), 113–121. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/285
Ko'rishlar soni: 35