Ip-yigiruv korxonalarida kuchlanish pasayishini rostlashni matematik modellashtirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda elektr energiyasi asosiy manba hisoblanmoqda. Uning sifatini taʻminlab berish esa bugungi kunda energetika sohasidagi dolzarb va muhimligini yoʻqotmaydigan masala boʻlib qolmoqda. Ushbu ilmiy maqolada ham aynan sifat koʻrsatgichlaridan biri – kuchlanishning pasayishi, binobarin, qisqa muddatli kuchlanish pasayishini bartaraf etish borasidagi qurilmalarni boshqarish tizimlari uchun matematik modellashtirish borasidagi mavzu yoritiladi. Matematik modellashtirish koʻrilayotgan obyektdagi muammoni avvaldan loyihalashtirish, rostlash va boshqarish imkoniyatini yaxshilashga vosita hisoblanadi. Maqolaning mazmunida toʻqimachilik korxonalarida kuchlanish pasayishini kontaktsiz rostlash qurilmasini boshqarish uchun modellashtirishda zamonaviy usullardan biri fuzzy mantigʻi yordamida koʻrilib, uni gauss tegishlilik funksiyasi yordamida bajarishi koʻrib chiqilgan.


Maqsad: ip-yigiruv korxonalarida qisqa muddatli kuchlanish pasayishini bartaraf etuvchi qurilmani yaratish jarayonida boshqarish tizimini modellashtirishni fuzzy mantigʻi asosida olib borish.


Usullari: matematik modellashtirishning zamonaviy usuli fuzzy mantigʻi hamda gauss tegishlilik qonuniyati.


Natijalar: fuzzy mantigʻi yordamida toʻqimachilik korxonalaridagi mavjud muammoni boshqarish qonuniyatini nochiziqli jarayon ekanligi va gauss tegishlilik funksiyasi grafigida normal taqsimot qonuniyati bajarishini koʻrish.

Kalit so'zlar:

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Mahzuna F. Qorjobova, & Dinora A. Jalilova. (2026). Ip-yigiruv korxonalarida kuchlanish pasayishini rostlashni matematik modellashtirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 272–277. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/262
Ko'rishlar soni: 26