Matematik va kompyuter modellashtirish usullaridan foydalanish asosida neft kon mexanizmi elektr yuritmasining barqarorligini tadqiq etish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Elektromexanik tizimlar mashinasozlik, energetika, foydali qazilmalarni qazib olish, metallurgiya, transport va boshqa sohalarda keng qoʻllaniladi. Elektromexanik tizimlarning ishlashi jarayonida sezilarli darajada elektr energiyasi sarflanishi kuzatilgani sababli, uzoq yillardan buyon ularning energetik xususiyatlarini yaxshilash boʻyicha faol ishlar olib borilmoqda. Soʻnggi yillarda neftni chuqurlik nasoslari yordamida qazib olishda energiya sarfini tahlil qilish shuni koʻrsatadiki, bir tonna qazib olingan neft uchun elektr energiyasining solishtirma sarfi ortgan. Bu holat neft uskunalarining oʻziga xos ishlash sharoitlari bilan bogʼliq. Chuqurlik nasos qurilmalari, yaʼni tebratma dastgoxlarning elektr yuritmasi ogʼir sharoitlarda ishlaydi. Bu sharoitlar uning validagi momentning keng koʻlamda davriy oʻzgarishi hamda past kuchlanishli taqsimlash tarmoqlaridagi kuchlanish tebranishlari bilan belgilanadi. Bunday tebranishlar nafaqat elektr yuritmalarning yuklanish xususiyati tufayli, balki parallel ishlaydigan elektr dvigatellar guruhining oʻz-oʻzidan ishga tushishi paytida kuchlanishning keskin pasayishi yoki tarmoqdagi qisqa tutashuvlar natijasida ham yuzaga keladi. Shunday qilib, elektromexanik tizimlarni loyihalash, qurish, ish rejimlarini oʻrganish, sinovdan oʻtkazish va sozlash vazifalari murakkab jarayon hisoblanadi. Ushbu sohada sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, bu masalalarni kompyuter modellashtirish yordamida samarali hal yetish usullari va vositalarini yaratish dolzarb muammo boʻlib qolmoqda va hali toʻliq yechimini topmagan.


Maqsad: neft kon mexanizmi elektr yuritmasining barqarorligini tadqiq etish uchun matematik va kompyuter modellashtirish usullarini qoʻllanishini taxlil qilish va asoslash.


Usullari: matematik va kompyuterli modellashtirish usullari hamda avtomatik boshqaruv nazariyasi elementlari.


Natijalar: Kompyuter modellashtirish dasturiy vositalaridan foydalangan holda matematik modellashtirish usuli qoʻllanilib, elektr yuritmaning barqaror ishlashini tadqiq qilish masalasi koʻrib chiqildi. Bu yesa neft qazib olish elektr uskunalarida tashqi magnit oʻtkazgichli va tirnoqsimon qutbli rotorga yega boʻlgan kontaktsiz sinxron elektr dvigatellardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi haqida xulosa chiqarish imkonini berdi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Miraziz V. Sagatov, & Volodimir A. Fedorchuk. (2026). Matematik va kompyuter modellashtirish usullaridan foydalanish asosida neft kon mexanizmi elektr yuritmasining barqarorligini tadqiq etish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 250–258. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/259
Ko'rishlar soni: 25