Energetik obyektlarni monitoring tizimlarining o‘lchash kanallaridagi signallarni invers qayta ishlash jarayonini matematik va kompyuter modellashtirish usullari va vositalarini ishlab chiqish
Referat
Dolzarbligi: Axborot texnologiyalari va kompyuter texnikasi vositalarini qo‘llash zamonaviy sanoatni rivojlantirish, yangilash va samaradorligini oshirishning eng muhim omili hisoblanadi. Mazkur vositalar asosida turli xil monitoring tizimlarini yaratish imkoniyati vujudga keldi. Bu tizimlar sanoat va ilmiy-tadqiqot texnologiyalarining yuqori sifatli ishlashini ta’minlashi lozim bo‘lib, ular orasida energetik qurilmalar, obyektlar, tizimlar va texnologiyalar ustuvor o‘rinni egallaydi. Monitoring tizimlarining ajralmas tarkibiy qismi o‘lchov asboblari, tizimlari va majmualari hisoblanadi. Ularning sifatiga qo‘yilayotgan talablar ortib borishi bilan bir qatorda, ularning og‘irligi va murakkabligi ham yuqori sur’atda o‘sib bormoqda. Ushbu talablarga muvofiqlik nafaqat texnik takomillashtirish orqali, balki o‘lchash natijalarini kompyuterda qayta ishlash usullari va vositalarini takomillashtirish orqali ham ta’minlanadi. Monitoring tizimlarining o‘lchash kanallari sifatiga bo‘lgan talablarning ortib borishi sharoitida birlamchi o‘lchash o‘zgartirgichlarining samarali dinamik modellarini qurish, modellar va usullarni amalga oshirishning sonli usullari, algoritmlari va kompyuter vositalarini ishlab chiqish orqali signallarga (eksperimental ma’lumotlarga) invers qayta ishlash jarayonlarini matematik va kompyuter modellashtirish usullarini yaratish muammosi dolzarb hisoblanadi.
Maqsad: Volterra toifasidagi integral operatorlar va tenglamalarni qo‘llash orqali matematik tavsif shakllarini kengaytirish asosida energetika obyektlarini monitoring tizimlarining o‘lchash kanallarida signallarni qayta ishlash jarayonlarini matematik va kompyuter modellashtirish usullarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish.
Usullari: dinamik tizimlarni matematik modellashtirish nazariyasi va usullari; integral tenglamalarni yechish nazariyasi va sonli usullari; avtomatik boshqarish nazariyasi elementlari.
Natijalar: Ko’rib chiqilgan modellashtirish usullari va vositalari o‘lchash vositalarining matematik tavsiflarini va tegishli dasturiy modullarni ratsional tanlash imkoniyati bilan energetik obyektlarni monitoring qilish tizimlarining o‘lchash kanallarida signallarga invers qayta ishlash usullarini yaratish va tadqiq qilish masalalarini tezkor hal qilish imkonini beradi.
