Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish asosida yirik nasos stansiyalarining energiya xarajatlarini qisqartirish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: iste’molchilarni markazlashtirilgan energiya tizimi orqali energiya bilan ta’minlashning qator  kamchiliklari mavjud, masalan, uzoqda joylashgan ba’zi iste’molchilarga energiya yetkazib berishda isrofning kattaligi, yuqori manevrli elektr stansiyalari va energiya saqlash tizimlarining ishtiroki kamligi tufayli ishlab chiqarish jarayonida zarur moslashuvchanlik yo‘qligi, shuningdek energiya iste’moli va narxlarini tartibga solishning yuqori samarali mexanizmlari mavjud emasligini keltirish mumkin. Bugungi kunda jahon energetika sohasida markazlashgan energetika tizimining yuqorida qayd etilgan kamchiliklari boshqa, samaraliroq energiya tizimlariga, misol uchun, lokal energiya tizimlariga o‘tish uchun sharoit yaratdi. Bunday tizimlardan birini Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasi, Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadi (elektr energiyasi iste’molchisi), fotoelektr stansiyasi va Tolimarjon suv omboridagi gidroelektr stansiyasini o‘z ichiga olgan Tolimarjon energetika va suv xo‘jaligi zonasi negizida yaratish taklif etilmoqda..


Maqsad: Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadini kombinasiyalashgan tizim asosida elektr energiyasi bilan ta’minlash parametrlarini tahlil qilish va asoslash, taklif etilayotgan energiya tizimida elektr energiyasining keltirilgan narxini (LCOE) va undan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlash..


Usullari: turli elektr stansiyalaridan kombinasiyalashgan holda foydalanishning energetik-iqtisodiy tahlili va parametrlarini hisoblash usullari qo‘llanildi.


Natijalar: hisoblash natijalari shuni ko‘rsatdiki, Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadining energiyaga bo‘lgan ehtiyojining bir qismini qayta tiklanadigan energiya manbalari bilan qoplash uchun lokal energiya tizimidan foydalanish elektr energiyasining keltirilgan narxini (LCOE) kamaytirish, shu orqali suv ta’minoti uchun energiya xarajatlarini qiqartirish va energiya ta’minoti ishonchliligini oshirish imkonini beradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Muradulla Muxammadiyev, Boboraim Urishev, & Sanjar R. Jurayev. (2026). Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish asosida yirik nasos stansiyalarining energiya xarajatlarini qisqartirish. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 179–188. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/255
Ko'rishlar soni: 22