Asinxron generatordagi o‘tkinchi jarayonlarda chiqish kuchlanishini barqarorlashtirilishiga doir tadqiqot natijalari
Referat
tobora ortib bormoqda, shu munosabat bilan shamol va gidrogeneratorlar asosidagi elektr manbalarini tatbiq qilish va ularning avtomatik boshqarish tizimlarini rivojlantirish dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Bunday o‘zgaruvchan tok generator qurilmalari tarkibida sinxron elektr mashinalar, fazali va qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron mashinalar qo‘llaniladi. Asinxron mashinalarning stator va rotor zanjirlariga o‘rnatiladigan chastota o‘zgartkichlari ularni qo‘zg‘atish jarayonlarini boshqarish imkonini beradi, biroq generatsiyani boshlash uchun qo‘shimcha tashqi ta’minot manbalaridan foydalanish talab etiladi. Magnit o‘tkazgichdagi qoldiq magnitlanish tufayli qisqa tutashgan rotorli asinxron mashinaning stator chulg‘amlariga kondensator batareyalarini ulash orqali uning o‘z-o‘zidan uyg‘onish jarayonini, hamda chiqish kuchlanishining barqarorligi kabi talablarni ta’minlash mumkin. Taklif etilgan kondensatorli qo‘zg‘atish usuli markazlashmagan, ya’ni avtonom elektr ta’minoti sharoitida generator qurilmasining ish rejimlarini o‘zgartirishga moslashishini ta’minlash imkonini beradi. Mazkur maqolada, o‘tkazilgan tajriba natijalari asosida quvvati 4 kW bo‘lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron generator (AG) o‘tkinchi jarayonlaridagi chiqish kuchlanish qiymatini aks ettirgan ossillogrammalar olindi va tahlil qilindi.
Maqsad: avtonom holatda ishlayotgan AG ning yuklamasini o‘zgartirish jarayonidagi o‘tkinchi jarayonlarda chiqish kuchlanishini barqarorlashtirish va natijalarini tahlil qilish.
Usullari: tajriba asosida elektr energetikasi tizimlarining barqarorlashgan va o‘tkinchi jarayonlarini tahlil qilish usullardan foydalanildi.
Natijalar: avtonom tizimlarning quvvat manbalari konstruksiyasining soddaligi, texnik xizmat ko‘rsatishning qulayligi, nisbatan kichik massa (kVA/kg) va hajmga ega bo‘lishi, chiqish holat parametrlarining barqarorligi kabi talablarga javob berishi lozim. Tahlil asosida AG ni qayta tiklanuvchi energiya manbalarida foydalanish bo‘yicha tegishli takliflar kiritiladi.
