O‘zbekistonning ekologik siyosati va CO₂ chiqindilarini kamaytirish choralari

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Parij kelishuvining a‘zosi sifatida 2030-yilgacha YAIM birligiga to‘g‘ri keladigan CO₂ chiqindilarini 2010-yil darajasiga nisbatan 35% ga qisqartirishni maqsad qilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun kompleks choralar ko‘rilmoqda: qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini elektr energiyasi ishlab chiqarishda 2030-yilgacha 54% ga yetkazish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki barobar oshirish, keng miqyosda ko‘kalamzorlashtirish kampaniyasi (5 yil ichida 1 mlrd daraxt ekish) amalga oshirilmoqda.


Maqsad: iqtisodiyotning uglerod intensivligini rivojlangan mamlakatlar darajasiga tushirish usullarini tahlil qilish, ekologik siyosat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.


Usullari: mamlakat iqlim siyosatining uslubiy asosi chiqindilarni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va nazorat qilishni ta’minlaydigan strategik rejalashtirish, me‘yoriy-huquqiy hujjatlar va institutlarning kombinatsiyasidir.


Natijalar: mualliflar ushbu tashabbuslarning samaradorligini tahlil qilib, chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha miqdoriy baholarni taqdim etdi hamda ekologik siyosat samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nilufаr R. Avezova, Ilimdor J. Jahongirov, & Elvira A. Oshepkova. (2026). O‘zbekistonning ekologik siyosati va CO₂ chiqindilarini kamaytirish choralari. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 149–156. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/241
Ko'rishlar soni: 25