Energiya iste’moli obyektini umumlashgan energiya samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashning analitik tadqiqoti

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Jahonda, shu jumladan Respublikamizda energiya resurslar taqchilligini oshib borishi xalq xo‘jaligining barcha sohalarida “yashil” energiya manbalariga o‘tish masalasini ilgari surmoqda. Energiyaga to‘lovlar arzon bo‘lganligi sababli energiya sig‘imi katta va arzon mahsulotlar ham keng ishlab chiqarilmoqda. Bu esa O‘zbekistonni birlik qiymatdagi mahsulotni ishlab chiqarishda atrof-muhitni ifloslantirish bo‘yicha yetakchi davlatlar qatoriga kirishini ta’minlamoqda. Elektr energiyasi asosan issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgani atrof-muhitni ifloslantirish darajasi yuqori bo‘lishiga olib kelmoqda. O‘zbekiston jon boshiga elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda yuqoriroq o‘rinlarni egallasa ham mamlakatimizda energiya taqchilligi kuzatilmoqda. “Yashil” energiya manbalari qisqa muddatda yig‘ilib ishga tushurilishi sababli energiya taqchilligini bartaraf etishning eng tezkor yo‘li ushbu manbalarni keng joriy etish hisoblanadi. Ammo, hozirgi kunda “yashil” energiya manbalari asosan ma’muriy yoki majburiy o‘rnatilayotganligi sababli erishilgan natijalarni yetarli deb bo‘lmaydi. Ushbu holatni xorijiy davlatlar tajribasi asosida tahlil qilish va uning natijalari asosida muammolarni bartaraf etish bo‘yicha texnik yechimlar ishlab chiqish dolzarb ilmiy muammo bo‘lib qolmoqda.


Maqsad: Energiya iste’moli obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini tizimli baholashga imkon beruvchi umumlashgan energiya samaradorlik ko‘rsatkichini ishlab chiqish va ushbu ko‘rsatkich asosida “yashil” energetikani kengaytirish mexanizmini takomillashtirish.


Usullari: xalqaro tajriba va energiya samaradorlik ko‘rsatkichlarini korrelyatsion tahlil asosida Fishbern formulasidan foydalaniladi.


Natijalar: energiya iste’moli obyektlarida “yashil” energiyadan foydalanishni umumlashgan samaradorlik ko‘rsatkichi asosida rag‘batlantirish tizimi ishlab chiqilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Nasullo N. Sadullayev1, & Mirzoxid O. G‘afurov. (2026). Energiya iste’moli obyektini umumlashgan energiya samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashning analitik tadqiqoti. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 206–212. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/239
Ko'rishlar soni: 17