Suvni kimyoviy tuzsizlantirish uchun ionit filtrlarni regeneratsiya qilish qurilmasini avtomatlashtirish
Referat
Dolzarblik: ushbu maqolada suvni kimyoviy tuzsizlantirish jarayonida ion almashinuv filtrlarini qayta tiklash qurilmasini avtomatik boshqarish tizimi ishlab chiqilgan. Suvni kimyoviy tuzsizlantirish vaqtida ion almashinuv filtrlarini qayta tiklash qurilmasi avtomatlashtirildi. Ishlab chiqilgan algoritm asosida mantiqiy boshqarish tizimining funksional sxemasi yaratildi va boshqarish oralig‘ini belgilash uchun KPRS 600 klapanining maksimal o‘tkazuvchanlik quvvati aniqlandi.
Maqsad: kimyoviy reagentlar asosida suv tuzsizlantirishda qo‘llaniladigan ion almashinuv filtrlarini qayta tiklash tizimini avtomatlashtirish.
Usullar: kanallardagi massa va energiya saqlanishi qonunidan kelib chiqqan differensial diskretlash chekli ayirmalar usuli yordamida amalga oshirildi.
Natijalar: taklif etilgan kimyoviy reagentlar asosidagi suvni tuzsizlantirish samaradorligi O‘zbekistonning beshta shahri (issiq-quruq iqlimli Qarshi va Termiz, issiq-nam iqlimli Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona) uchun har oyda baholandi. Ushbu tadqiqot davomida suvni kimyoviy tuzsizlantirishda qo‘llaniladigan ion almashinuv filtrlarini qayta tiklash qurilmasi avtomatlashtirildi. Ishlab chiqilgan algoritm asosida boshqaruv tizimining funksional sxemasi yaratildi hamda boshqaruv oralig‘ini belgilash uchun KPRS 600 klapanining maksimal o‘tkazuvchanlik quvvati aniqlandi.
