Turar-joy binosi elektr iste’molchilarini 0,38 kv tarmog‘idagi kuchlanish va tok sinusoidaligini buzilishiga ta’siri

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: Ushbu maqolada turar-joy binolarida impulsli ish rejimiga ega bо‘lgan, tok-kuchlanish xarakteristikalari nochiziqli bо‘lgan kо‘plab elektr iste’molchilarni paydo bо‘lishi 0,38 kV elektr tarmog‘iga yuqori garmonikali toklarni generatsiya qilinishini keltirib chiqaradi va ushbu garmoniklarning katta qiymatlari tarmoq kuchlanishining shaklini yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun turar-joy binolari elektr iste’molchilari tomonidan generatsiya qilinadigan tok garmoniklarini va ularni 0,38 kV tarmoq kuchlanishining nosinusoidalik koeffitsiyentiga ta’sirini tadqiq etishilishi ko‘rib chiqiladi..


Maqsad: 0,38 kVli elektr tarmog‘iga eng katta salbiy ta’sirni impulsli elektr ta’minot bloklari bо‘lgan elektr iste’molchilarni aniqlash, hamda turar-joy binolaridagi elektr iste’molchilari tomonidan generatsiya qilinadigan tok garmoniklari va ularning 0,38 kVli elektr tarmog‘idagi kuchlanish nosinusoidalik koeffitsiyentiga ta’sirini tadqiq etish hisoblanadi.


Usullar: Matlab Simulink dasturida turar-joy binosi uchun 0,38 kVli tarmoq modelining imitatsion modelini ishlab chiqish, bu esa elektr taqsimlash shkafida (VRU) umumiy tok KI va kuchlanish KU  buzilish koeffitsiyentlarini tadqiq qilish.


Natijalar: nochiziqli yuklamaning о‘rnatilgan quvvati chiziqli yuklama quvvatidan oshganda, 0,38 kVli tarmoqdagi kuchlanish nosinusoidalik koeffitsiyenti GOST 13109-97 standartlarida belgilangan qiymatlardan oshish holatlarini kuzatish va bartaraf etish choralarini ko‘rishda foydalaniladi

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abduraxim D. Taslimov, & Vaxobiddin U. Mо‘minov. (2026). Turar-joy binosi elektr iste’molchilarini 0,38 kv tarmog‘idagi kuchlanish va tok sinusoidaligini buzilishiga ta’siri. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 109–115. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/222
Ko'rishlar soni: 20