0,4 kV kuchlanishli tarmoqlarda elektr energiyasi sifatini yaxshilash va tahlil qilishda innovatsion yondashuvlar

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi zamonaviy taraqqiyot sharoitida 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari ko‘plab ishlab chiqarish va yuqori kuchlanishli tarmoqlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Elektr energiyasi sifati (EES) — kuchlanish darajasi, chastota va garmonik tarkibning barqarorligi hamda elektr iste’molchilarning samaradorligi va uzoq muddatli ishlashining hal qiluvchi omili hisoblanadi. Tarmoqda yuzaga keladigan kuchlanishning o‘zgarishlari, garmonik buzilishlar va reaktiv quvvat bilan bog‘liq muammolari barcha energiyaning samarasiz sarflanishiga, shuningdek, uskuna va qurilmalarning tez ishdan chiqishiga ham olib keladi. Bu shuni anglatadiki, EESni yangi innovatsion izlanishlar natijasida yaxshilash mumkin, ya’ni mavsumiy davrlarda muntazam monitoring olib borish, zamonaviy uskunalarning boshqaruv tizimini kontaktsiz kommutatsiyalashda kontaktsiz qurilmalarni qo‘llash hamda raqamlashishda qo‘llaniladigan mikrokontrollerlar boshqaruvini zamonaviy dasturlar va algoritmlar asosida boshqarish dolzarb masaladir. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari energetika tizimining ishonchliligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


Maqsad: 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida EESni ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilish, mavjud muammo-larni aniqlash va ularni bartaraf etishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali elektr ta’minoti samaradorligini oshirishdan iborat.


Usullari: ushbu maqolada 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida EESni ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilib, ilmiy tadqiqot usuli sifatida tajriba, modellashtirish va raqamli tahlillar qo‘llanildi. Real tarmoqlarda o‘lchovlar olib boriladi, garmonik tarkib buzilishlari, kuchlanish tebranishlari va nosimmetriklik darajalari baholandi. Electronics Workbench va MATLAB R2014a dasturlari orqali simulyatsiyalar amalga oshirildi. Innovatsion usul sifatida avtomatlashtirilgan monitoring tizimlari (elektr energiyasini nazorat qilish va hisobga olishning avtomat-lashtirilgan tizimi), sun’iy intellekt yordamida tahlil va EES ko‘rsatkichlarini yaxshilash strategiyalari ishlab chiqiladi. Olingan natijalar amaliyotda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar shaklida taqdim etiladi.


Natijalar: 0,4 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida energiya sifati muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda kuchlanishning stabilligini ta’minlash, yuqori garmonkalarni kamaytirish, reaktiv quvvatni kompensatsiyalash kabi muammolar o‘rganildi. Innovatsion yechimlar sifatida raqamli monitoring tizimlari, kontaktsiz kommutat-siyalovchi qurilmalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari taklif etildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur yondashuvlar asosida energiya isroflarini kamaytirish va elektr ta’minoti ishonchliligi va barqarorligini yaxshilash mumkin. Shu bilan birga, elektr energiyasi iste’molini samarali boshqarish imkoni ham paydo bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, taklif qilinayotgan innovatsion texnologiyalar (kontaktsiz kommutatsiyalovchi qurilmalar) tarmoqdagi elektr energiya sifatini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Maxsud K. Bobojanov, Eldor G. Usmanov, & Raxmatillo Ch. Karimov. (2026). 0,4 kV kuchlanishli tarmoqlarda elektr energiyasi sifatini yaxshilash va tahlil qilishda innovatsion yondashuvlar. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (3), 58–74. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/216
Ko'rishlar soni: 36