Kombinatsiyalangan energiya majmualarining energiya yetkazib berish ishonchliligini oshirishda DC-DC o‘zgartirgichlarni qo‘llash imkoniyatlari
Referat
Dolzarbligi: Bugungi kunda global energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya manbalarining, xususan, quyosh va shamol energiyasining ulushi tobora ortib bormoqda. Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortishi, ekologik muammolar va yoqilg‘i zahiralarining kamayib borishi ushbu manbalardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Quyosh va shamol manbalari bir-birini to‘ldiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, ularni kombinatsiyalangan tarzda qo‘llash barqaror energiya ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Shu bilan birga, bu ikki manba o‘zgaruvchan tabiati sababli chiqish kuchlanish va tok darajalari barqaror bo‘lmaydi. Bu holat iste’molchilarga yetkazilayotgan elektr energiyasining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Kombinatsiyalangan energiya tizimlarida (DC – o‘zgarmas tok) DC-DC o‘zgartirgichlar (quvvat o‘zgartirish qurilmalari) ushbu muammoni hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Ular turli manbalardan olingan elektr quvvatini muvofiqlashtirib, kerakli kuchlanish va tok darajasiga olib chiqadi hamda energiya oqimini samarali boshqaradi. Shu sababli, DC-DC o‘zgartirgichlarning to‘g‘ri tanlanishi va boshqarilishi kombinatsiyalangan quyosh-shamol tizimlarining barqaror va ishonchli ishlashiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Maqsad: Kombinatsiyalangan energiya tizimlarida DC-DC o‘zgartirgichlar qo‘llash orqali ishlash ishonchliligini oshirish imkoniyatlarini tahlil qilish va asoslash.
Usullari: Matematik tenglamalar va kontur toklar usullaridan foydalaniladi.
Natijalar: “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish davrida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan ishonchli, barqaror energiya olish, turli xil energiya manbalaridan kombinatsilashgan usulda energiya olishda yuqo samaradorlikka ega bo‘lgan usullardan foydalanish zarur. Tahlil asosida kombinatsiyalangan energiya tizimlarida DC-DC o‘zgartirgichlar qo‘llash orqali ishlash ishonchliligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritiladi.
