O‘rta kuchlanishli taqsimlovchi eketr tarmoqlari neytralini turlicha ulash usullarida hosil bo‘ladigan o‘ta kuchlanishlarning tadqiqi
Referat
Dolzarbligi: o‘rta kuchlanishli (6–35 kV) taqsimlovchi elektr tarmoqlarining ishonchli va xavfsiz ishlashi butun elektr ta’minoti tizimining barqarorligi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ayniqsa, neytral nuqtaning ulanish usuli tarmoqdagi avariya rejimlarida, xususan, yerga bir fazali tutashuvlar paytida hosil bo‘ladigan o‘ta kuchlanishlarning miqdori va davomiyligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa izolatsiya nosozliklari, uskunalar ishdan chiqishi, yong‘in xavfi va xizmat muddati qisqarishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda O‘zbekiston energetika sohasida kuzatilayotgan transformatsiya jarayonlari, ayniqsa, “yashil energiya” konsepsiyasi, raqamli monitoring tizimlari va energiya isroflarini kamaytirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar fonida, taqsimlovchi tarmoqlarda neytralni ulash rejimlarini chuqur o‘rganish, ayniqsa, o‘ta kuchlanishlar shakllanish mexanizmini tahlil qilish dolzarb ilmiy-texnik masalalardan biri hisoblanadi. Ayni paytda ayrim tarmoqlarda neytralning izolyatsiyalangan, boshqalarida esa past qarshilikli rezistor orqali ulangan holatlari qo‘llanilmoqda. Bu esa yagona texnologik yondashuv yo‘qligi, o‘ta kuchlanishlar nazoratsizligi va relе himoyasi moslashuvchanligining yetishmasligiga olib kelmoqda. Mazkur holat texnik reglamentlar, elektr qurilmalari xavfsizlik normalari va xalqaro standartlarga muvofiqlik nuqtai nazaridan ham jiddiy ilmiy asoslangan tadqiqotlarni talab etadi.
Maqsad: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – o‘rta kuchlanishli taqsimlovchi elektr tarmoqlarida neytralni turlicha ulash usullarida (izolyatsiyalangan va past qarshilikli rezistor orqali yerga ulangan) hosil bo‘ladigan o‘ta kuchlanishlarning tabiati, amplitudasi va vaqt bo‘yicha xarakteristikalarini nazariy va modellashtirilgan tajriba asosida tahlil qilishdan iborat.
Usullari: loyihada xalqaro tajribalar va ilg‘or texnologik yondashuvlardan foydalaniladi. Jumladan, energiya iste’molini boshqarishning ilg‘or mexanizmlari. Qiyosiy tahlil va energiya samaradorligini baholashning statistik metodlari qo‘llaniladi.
Natijalar: tadqiqotda zamonaviy xalqaro tajriba va ilg‘or hisoblash texnologiyalaridan foydalaniladi. Tahlil davomida o‘ta kuchlanishlarning amplituda-vaqtidagi xarakteristikasi, fazalararo nomutanosiblik va tarmoq sig‘im toklarining ta’siri hisobga olinadi. Shuningdek, statistik va qiyosiy metodlar asosida neytral ulash usullarining relе himoyasi va izolatsiya ish faoliyatiga ta’siri baholanadi. Mahalliy tarmoq topologiyalari asosida real sharoitga mos tavsiyalar ishlab chiqiladi.
