Ko‘p tezlikli motorlar uchun qutblar nisbati 8/4 bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am ishlab chiqish

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: hozirgi kunda ko‘p tezlikli motorlarda qo‘llaniladigan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab ishlab chiqilgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemalarida chiqish guruhlari hamda uzib-ulash kontaktlari soni ko‘pligi, elektromagnit xususiyatlarining yaxshi emasligi va tayyorlashda turli qadamda turli shaxobchalardan foydalanish tufayli murakkab ishlab chiqarish texnologiyasi ularni amaliyotda keng miqiyosda qo‘llashga imkon bermaydi. Shu sababli, ushbu turdagi mashinalarning xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun zamonaviy elektrotexnika talablariga javob beradigan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amlarni ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.


Maqsad: elektromagnit xossalari mavjud chulg‘amlarga qaraganda yaxshilangan hamda qutblar nisbati 8/4 bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am ishlab chiqish.


Usullari: qutblar nisbati 8/4 bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am  “Diskret berilgan fazoviy funksiyalar” usuli asosida ishlab chiqiladi.  


Natijalar: ventilyator elektr yuritmasi motorlarining havo oralig‘idagi magnit induksiyalarining nisbatli qiymatini 1 ga yaqinlashtirish va p=4 qutb tomonda chulg‘am koeffitsiyentini oshirish.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Hayotullo G‘. Magdiyev. (2026). Ko‘p tezlikli motorlar uchun qutblar nisbati 8/4 bo‘lgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am ishlab chiqish . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 162–168. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/201
Ko'rishlar soni: 23