Toʻqimachilik sanoati korxonalari asosiy texnologik uskunalari energetik koʻrsatkichlarini matematik modellashtirish
Referat
Dolzarbligi: bugungi kunda, toʻqimachilik sanoati korxonalari, jumladan, tikuv-trikotaj mahsulotlarni ishlab chiqarishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda energiya sigʻimdorligini kamaytirish maqsadida, texnologik uskunalarning energetik koʻrsatkichlarini matematik modellashtish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Korxonalarda texnologik uskunlarining energetik koʻrstatkichlarini mataematik modelashtirish, toʻqimachilik sanoati, tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishni global miqyosda raqobatbardoshligini oshirishga, shuningdek, mahalliy va xalqaro bozorlarda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologik uskunalarning oʻrnatilishi oʻz navbatida energiyani tejash hamda energiya resurslardan oqilona foydalanishga bu orqali esa energiya samaradorligini oshirish imkonini beradi. Matematik modellashtirish jarayoni toʻgʻri tashkillashtirish, shuningdek model xatoliklarni kamaytirish muhim vazifa hisoblanadi. Elektr uskunalarning ish rejimlarini tadqiq qilish, shuningdek, solishtirma elektr energiya sarfini mahsulot hajmi va sifatiga ta’sir koʻrsatmagan holda minimallashtirish boʻyicha izlanishlar, ekspermental tadqiqotlar olib borish zaruratini anglatadi. Energetik koʻrsatkichlarni matematik modellashtirish nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, balki resurslardan foydalanishni maksimal darajada optimallashtirishga, ishchi kuchi va vaqtni tejashga ham imkon yaratadi.
Maqsad: toʻqimachilik sanoati korxonalarida energiya iste’moli samaradorligini oshirish maqsadida texnologik uskunalarning energetik koʻrsatkichlarini matematik modellashtirish.
Usullari: texnologik uskunalar energetik koʻrsatkichlarini matematik modellashtirish uchun matematik statistika, ehtimollar nazariyasi hamda regression tahlil usullaridan foydalanildi.
Natijalar: texnologik uskunalarining energetik koʻrsatkichlarini matematik modellashtirish hamda amaliyotga joriy etish korxonalarda energiya samaradorligini oshirish, resurslardan foydalanishni optimallashtirish, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga erishish imkonini beradi
