Elektr uzatish liniyalarining ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlash tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: respublikamiz elektr energetikasini rivojlantirishda shunindek qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishni zarur miqdorda elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlashda elektr tarmoqlarining asosiy parametrlarini tanlash, zamonaviy yondashuvlardan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirish, jumladan elektr uzutish tarmoqlarini optimallashtirish, yangilash va ishonchliligini oshirish usullarini ishlab chiqishda elektr uzatish liniyalari o‘tkazgichlarini eng maqbul ko‘ndalang kesim yuzasini tanlash muammosi dolzarb xisoblanadi. Bundan tashqari elektr tarmoqlarining optimal parametrlarini aniqlash, ularning ishonchliligini oshirishda nazariy va ilmiy ishlarni olib borish hamda qishloq elektr tarmoqlarini loyihalash, qurish, modernizatsiya qilish va ishlatish bo‘yicha tegishli tavsiyalar olish muhim masalalardan biri hisoblanmoqda. Ushbu muammoni muvaffaqiyatli hal qilish hamda istemolchilar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish va uzatilayotgan elektr energiyasi sifatini oshirish uchun elektr uzatish liniyalari ko‘ndalang kesim yuzasini iqtisodiy intervallar usuli asosida tanlashdir.


Maqsad: dinamik o‘zgaruvchan yuklamali qishloq elektr tarmoqlarini ko‘ndalang kesim yuzasini iqtisodiy intervallar usullaridan foydalanishni tahlil qilish va asoslash.


Usullari: iqtisodiy intervallar usuli hamda texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qiyosiy tahlil usullaridan foydalaniladi.


Natijalar: dinamik o‘zgaruvchan yuklamali qishloq elektr tarmoqlarini ko‘ndalang kesim yuzasini tanlashda vaqt bo‘yicha yuklamaning o‘zgarishini hisobga olmagan holda yuklamaning iqtisodiy intervallari chegaralarini aniqlash zarur. Iqtisodiy intervallari chegaralarining siljish koeffitsiyentlaridan foydalanib yuklamaning o‘sishining har qanday qonuniyati uchun iqtisodiy intervallarning chegaralarini aniqlash mumkin bo‘ladi. So‘ngra optimal ko‘ndalang kesim yuzani tanlsh bo‘yicha qaror qabul qilinadi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Abduraxim D. Taslimov, Farrukh M. Raikhmov, & Feruz M. Raximov. (2026). Elektr uzatish liniyalarining ko‘ndalang kesim yuzalarini tanlash tahlili. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 137–144. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/197
Ko'rishlar soni: 25