Sovitish tizimlarida qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlardan suvni tozalash muammosi

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarbligi: Texnika va texnologiyalarning jadallashuvi sanoat korxonalarining atrof-muhitga ta’sirini kuchaytirib, suv havzalarining kimyoviy reagentlar va toksik chiqindilar bilan ifloslanishini jiddiy muammoga aylantirmoqda. Ayniqsa, sovutish tizimlarida qo‘llaniladigan kimyoviy moddalar (ingibitorlar, biotsidlar, antinakip qo‘shimchalari) chiqindi suvlar orqali ekologik muhitga katta xavf tug‘diradi. Shu sababli, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va sanoat korxonalarining barqarorligini oshirish uchun samarali va iqtisodiy jihatdan tejamkor suv tozalash texnologiyalarini qo‘llash dolzarb hisoblanadi.


Maqsad: Sovutish tizimlarida qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlarni oqava suv tarkibidan samarali ajratib olish hamda sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni oshirishga xizmat qiluvchi optimal texnologiyalarni aniqlash.


Usullari: Maqolada zamonaviy suvni tozalash usullari – elektrokogulyatsiya (EK), elektrodializ (ED) va membran/termo-membran distillatsiyasi (MD) texnologiyalari tahlil qilindi. Har bir metodning ishlash prinsipi, samaradorligi, ustun va zaif tomonlari taqqoslandi. Shuningdek, sovutish tizimlaridagi asosiy muammolar – korroziya, nakip hosil bo‘lishi, ifloslanish va mikrobiologik faollikni kamaytirishga ta’siri baholandi.


Natijalar: Tadqiqot natijalariga ko‘ra, elektrokogulyatsiya organik va kolloid ifloslantiruvchi moddalarni samarali olib tashlasa, elektrodializ ion shaklidagi tuzlarni yuqori darajada yo‘qotadi va suvni qayta ishlatishga imkon beradi. Membran distillatsiyasi esa deyarli barcha kimyoviy reagentlar va og‘ir metallardan chuqur tozalash imkonini beradi. Biroq har bir texnologiyaning energiya sarfi, membranalar qiymati va qo‘shimcha shlam hosil bo‘lishi kabi cheklovlari mavjud. Kompleks yondashuv orqali bu texnologiyalarni qo‘llash sanoat korxonalarida suv resurslaridan samarali foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda sovutish tizimlarining ishonchliligini oshirish imkonini beradi.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Lyazat A. Sodikova, & Abdulkhay N. Rasulov. (2026). Sovitish tizimlarida qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlardan suvni tozalash muammosi. ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 116–120. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/193
Ko'rishlar soni: 23

Ushbu muallif(lar)ning eng koʻp oʻqilgan maqolalari