Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamik jarayonlar tahlili

TO'LIQ MATN:

Referat

Dolzarblik: issiqlik energetika sohasida yoqilg‘ini samarali yoqish, issiqlikni maksimal darajada uzatish va chiqindilarni kamaytirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu masalalarni hal etishda mavhum qaynash qatlamiga ega texnologiyalar alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ular energiya tizimlarining ish faoliyatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi. Mavhum qaynash qatlami – bu gaz va mayda zarrachalar aralashmasidan tashkil topgan murakkab gidrodinamik muhit bo‘lib, u orqali issiqlik va massa almashinuvi jarayonlari yuqori samara bilan kechadi. Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamik jarayonlarini o‘rganish, ularni matematik modellash va amaliyotga joriy etish – issiqlik energetika tizimlarini modernizatsiya qilish, energiya samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda juda dolzarb va strategik ahamiyat kasb etadi.


Maqsad: mavhum qaynash qatlamidagi gaz va qattiq zarrachalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir asosida yuzaga keladigan gidrodinamik jarayonlarni o‘rganish, matematik modellash va eksperimental natijalar asosida tizimning ish faoliyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash.


Usullar: mavhum qaynash qatlamining fizik-mexanik xususiyatlarini nazariy jihatdan o‘rganish va uning turlari bilan tanishish. Zarrachalarning diametri, zichligi, gazning tezligi, Reynolds va Nusselt sonlari, qaynash qatlami uchun g‘ovaklilik ε kabi parametrlar asosida hisob-kitoblar olib boriladi, hamda qatlam tezligiga bog‘liq ravishda uning gidravlik qarshiligining o‘zgarish grafigi tahlil qilindi.


Natijalar: mavhum qaynash qatlamli tizimlarning asosiy ishlash tamoyili, yoqilg‘i yoqishda qaynash qatlamiga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlar, mavhum qaynash qatlamda zarrachalarning zaruriy o‘lchamlari keltirilgan. Qatlam tezligiga bog‘liq ravishda uning gidravlik qarshiligining o‘zgarish grafigi va mavhum qaynash qatlamning gidrodinamik tahlili yoritilgan.

Mualliflar haqida

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Dilnoza M. Pulatova. (2026). Mavhum qaynash qatlamining gidrodinamik jarayonlar tahlili . ENERGIYA VA RESURS TEJASH MUAMMOLARI, (2), 69–73. Retrieved from https://energy.tdtu.uz/index.php/journal/article/view/187
Ko'rishlar soni: 72